Dani Alves garov pulini to'lash va qamoqdan chiqish uchun kredit oldi
22 mar 2024 17:51
Yangiliklar
Dani Alves garov pulini to'lash va qamoqdan chiqish uchun kredit oldi
Banklardan biri braziliyalik futbolchi o'zi uchun garov to'lab, Ispaniya qamoqxonasidan chiqib ketishi uchun "Barselona" sobiq himoyachisi Dani Alvesga 1 million evro miqdorida kredit berishga rozi bo'ldi, deb yozmoqda "Mundo Deportivo".
Manbaga ko'ra, sobiq futbolchining do'stlari unga qarz berishdan bosh tortishgan.
20 mart kuni futbolchi apellyaciya ko'rib chiqilayotgan vaqtda hibsdan ozod qilinishi uchun 1 million evro miqdorida garov to'lashi mumkinligi malum bo'ldi.
22 fevral kuni Barselona sudi 40 yoshli Alvesni 2022 yilda Kataloniya poytaxtidagi tungi klubda qizni zo'rlagani uchun 4,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bundan tashqari, braziliyalik jabrlanuvchiga manaviy tovon sifatida 150 ming evro to'lashi kerak edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar