So’nggi yangiliklar

21:15BALLON D'OR-2025  1 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  1 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  15 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  4 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  4 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  4 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  35 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  5 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  10 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  18 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  5 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0 14:42Клюйверт Гиннес рекордлар китобига кирди  5

Coca Cola Superligasi. Infantino kuzatgan bahsda "Bunyodkor" va "Olimpik" murosa ko'chasini tanladi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. Infantino kuzatgan bahsda "Bunyodkor" va "Olimpik" murosa ko'chasini tanladi

Coca Cola Superligasi 9-turidan o'rin olgan bahs yakuniga etdi.

"Bunyodkor" – "Olimpik" 1:1

Gollar: Jasur Hakimov (Igor Ivanovich) 71' - Otabek Jo'raqo'ziev (Temur Mamasidiqov) 5', 

6 may. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 18:30

Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Islom Azimov, SHerzod Azamov

Zaxira hakami: Sultonmurod Abdurahmonov

VAR: Rahimbek Karimov

AVAR: Rustam Tog'aev

Nazoratchi: Ruslan Serazitdinov

Komissar: Zoxirjon Akramxonov

"Bunyodkor": 32.Suhrob Sultonov, 2.Aleksey Nosko, 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Akbarjon Ismatullaev (s) (57.Amir To'raqulov 72), 8.SHohruhbek Abdurahmonov, 10.Rasul Yo'ldoshev (15.Jasur Hakimov 46), 11.Igor Ivanovich (99.Umidbek Sultonov 77), 22.Usmonali Ismonaliev, 29.Muzaffar Olimjonov (3.Mahmudjon Mahammadjonov 46), 33.Doniyor Abdumannopov (17.Viktor Sotnikau 86), 34.Suhrob Izzatov

Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 5.Jasurbek Yoqubov, 37.Muhammadodil Qahramonov, 45.Farhod O'tkurov.

"Olimpik": 13.Hamidullo Abdunabiev,  2.Saidazamat Mirsaidov, 4.Odilbek Abdumajidov, 6.Behzod SHamsiev (s), 7.Ruslanbek Jiyanov (37.Alisher Odilov 62), 10.Farruhbek Muxtorov (21.Muhammadaziz Ibrohimov 62), 11.Otabek Jo'raqo'ziev (15.Mustafo Abdumannopov 78), 17.Temur Mamasidiqov (19.Ahmadullo Muqumjonov 78), 23.Abdurauf Bo'riev, 30.Jasur Jaloliddinov (9.Muhammadali G'iyosov 65), 44.Asadbek Rahimjonov

Zaxira: 1.SHukron Yuldashev, 8.Nodirbek Abdixoliqov, 18.Sardorbek Maxmudov, 28.Rustam Jaxonov.

Ogohlantirishlar: Farruhbek Muxtorov 31', Doniyor Abdumannopov 43'


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Sultonov "Olimpik" darvozaboni bilan birga-bir chiqqandi, ammo vaziyatdan foydalana olmadi.

79. Ogohlantirish: Nosko hujumda qoida buzgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

78. O'zgarishlar: Mamasidiqov o'rniga Muqumjonov, Jo'raqo'ziev o'rniga Abdumannopov tushirildi.

75. Markazga yaqin hududda Abdumajidov va Ivanovich bosh bilan to'qnashib ketishdi, shifokorlar tibbiy yordam ko'rsatishmoqda.

71. GOOOOOOOL! Ivanovichning qanotdan uzatgan to'pini Jasur Hakimov "Olimpik" darvozaga burdi va o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. 1:1.

65. Abdurahmonovning zarbasidan so'ng to'p "Olimpik" darvozasi ustidan o'tib ketdi.

62. O'zgarishlar: Muxtorov va Jiyanov o'rniga Ibrohimov va Odilovlar maydonga tushishdi.

55. "Bunyodkor" futbolchisining jarima maydonchasi ichiga uzatgan to'pi "Olimpik" futbolchisining qo'liga tegdi, ammo qo'l tana hajmini kattalashtirmagani tufayli, hakam penalti belgilamadi.

46. O'zgarishlar: Mahmud Mahamadjonov Muzaffar Olimjonov o'rniga, Jasur Hakimov Rasul Yo'ldoshev o'rniga maydonga tushdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. Bo'rievning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Suxrob ushlab oldi.

44. Otabek Jo'raqo'ziev o'ziga uzatib berilgan to'pni to'xatib qoldi va qulay nuqtadan zarba berdi, Sultonovdan super seyv!

40. Jiyanov jarima maydonchasiga kirayotgan pallada yiqildi, biroq hakam mazkur vaziyatda o'yin qoidasi buzilmagan deb topdi.

33. Avazbek O'lmasalievning jarima zarbasidan tepgan to'pini darvozabon qaytardi!

30. To'p nazorati: 30% - 70%.

27. Mamasidiqov o'ziga uzatib berilgan to'pni darvozaga yo'lladi, raqib himoyachilari to'pni qaytarishdi.

23. Abdumannopov darvozabonni aldab o'tib, orqaroqqa pas berdi, biroq pas o'xshamadi.

22. Maydon egalari oldinga o'tishga harakat qilmoqda, biroq hujumlar hozircha xavfli tus olmayapti.

20. O'yin davom etadi. 

19. Ismonaliev Jiyanovni biroz turtib yubordi, holat VAR orqali ko'rib chiqilmoqda.

15. "Olimpik"chilar o'zlarining ajoyib "tiki-taka"lari bilan muxlislar ko'zini quvnatishdi.

11. Ivanovichning bosh bilan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.

6. Mezbonlar gol o'tkazib yuborgandan so'ng darhol hujumga o'tdi, biroq xavfli tus olmadi.

Timur Mamasidoqovning havolatib bergan uzatmasini Otabek Jo'raqo'ziev boshi bilan darvozani ishg'ol qildi. 

5. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Otabek Jo'raqo'ziev hisobni ochdi!

3. Bahs faollik bilan boshlandi. 

1. O'yin boshlandi!

Darvoqe, mazkur uchrashuvga FIFA prezidenti Janni Infantino ham tashrif buyurgan.

Jamoalar O'zPFL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelmoqda

- Uchrashuv 18:30 da boshlanadi. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика