So’nggi yangiliklar

11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  2 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  2 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  4 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  3 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  7 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  5 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  16 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  5 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  8

Coca Cola Superligasi. Bugun "Paxtakor" Bekobodda chempionlikni rasmiylashtirishi mumkin, "Navbahor" Jizzaxda o'ynaydi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. Bugun "Paxtakor" Bekobodda chempionlikni rasmiylashtirishi mumkin, "Navbahor" Jizzaxda o'ynaydi

Bugun Coca Cola Superligasining 20-turidan o'rin olgan ikkita uchrashuv bo'lib o'tadi.

18:00 - “Metallurg” – “Paxtakor”
Hakamlar:
Ravshan Abdivohidov, Farhod Usmonov, Zufar Eliboev, Olim To'ychiboev
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: SHoxrux Said

Bu mavsumda umuman mag'lub bo'lmagan "Paxtakor" Bekobodda "Metallurg" mehmoni bo'ladi. Andrey SHipilov boshchiligidagi jamoa oxirgi ikki turda "Navbahor" va "Lokomotiv"ga qarshi maydonga tushib, mag'lub bo'lmadi.

"Paxtakor" va "Metallurg" O'zbekiston chempionatida jami 45 marta to'qnash kelishgan. 37ta uchrashuvda "sherlar" zafar quchishgan. To'rtta o'yinda durang qayd etilgan va 4 marta bekobodliklar 3 ochkoni qo'lga kiritishgan.

Birinchi davrada Toshkentda o'tgan bahsda "sherlar" 2:1 hisobida g'alaba qozonishgandi. O'shanda Dragan CHeran dublga erishgan bo'lsa, bekobodliklar safida Islombek Isoqjonov gol urgandi.

Bu jamoalar o'rtasidagi oxirgi o'zaro 7ta o'yinning barchasida "Paxtakor" g'olib bo'lib kelmoqda. So'nggi marta 2016 yil "Metallurg" "Paxtakor"ni mag'lub etgan. Agar "Paxtakor" bugun g'alaba qozonsa rasman muddatidan oldin chempion bo'ladi.

Metallurg

Abbos Otaxonov - 26', Zohid Abdullayev - 77'

Superliga. 20-tur

21/09/2019, 18:00

2
:
1
Tugadi

Paxtakor

Dostonbek Hamdamov - 78'

45'
90'
26'  Abbos Otaxonov
28'  Stanislav Andreyev
46'  Bahrom Abdurahimov (SHahzodbek G'ofurbekov)
76'  Doniyor Usmonov (Zohid Abdullayev)
77'  Zohid Abdullayev
37'  Bobur Asqarov
42'  Farrux Sayfiev
62'  Marat Bikmayev (Husniddin G’ofurov)
74'  Dragan CHeran (Igor Sergeyev)
78'  Dostonbek Hamdamov
78'  Xozhiakbar Alizhonov



18:00 - “So'g'diyona” – “Navbahor”
Hakamlar:
Vadim Agishev, Ruslan Serazetdinov, Aleksandr Sidorov, Rahimbek Karimov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Ikkinchi davrada umuman mag'lub bo'lmay kelayotgan "So'g'diyona" o'z maydonida ikki turdan buyon faqat mag'lubiyat alamini totib ko'rayotgan "Navbahor"ni qabul qiladi.

Jizzax klubining mag'lubiyatsiz seriyasi 6ta o'yinga etdi (4 g'alaba va 2 durang). "Lochinlar" esa 218 daqiqadan buyon raqiblar darvozasiga yo'l topa olishmayapti. "So'g'diyona"ning "quruq seriya"si esa 200 daqiqaga etdi. "Navbahor" oxirgi 6ta o'yinda atiga bitta gol urdi xolos.

O'zbekiston chempionati doirasida bu ikki jamoa jami 47 marta to'qnash kelishgan. 24ta uchrashuvda "lochinlar" zafar quchishgan. 6 marta durang kuzatilgan va 17ta bahsda jizzaxliklar ustun kelishgan. Etiborlisi mana shu 17ta g'alabaning hammasi Jizzaxda qayd etilgan ekan.

Birinchi davrada Namanganda kechgan o'zaro to'qnashuvda "Navbahor" 3:1 hisobida g'olib chiqqan. O'shanda Slavko Lukich hisobni ochgan Aleksandr Kasyan dublga erishgandi. Ikkinchi taymda "So'g'diyona" safida Sanjar Rashidov hisobni qisqartirgan edi.

So'g'diyona

Superliga. 20-tur

21/09/2019, 18:00

0
:
0
Tugadi

Navbahor

45'
90'
50'  Elyor Orifov
66'  Sardor Qulmatov
74'  Jasur Hasanov O (Jamshid Boltaboev)
51'  Jahongir Mehmonov
60'  Ivan Solovyov
87'  Ivan Solovyov

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика