So’nggi yangiliklar

01:17"Астон Вилла" клуб рекордини такрорлади  1 00:54"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди  8 00:34Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" ғалаба қозониб, 6-ўринга кўтарилди  0 00:23Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди  25 00:11А Серия. "Пиза" - "Ювентус" баҳси асосий таркиблари маълум қилинди  0 23:59Витинья Гвардиола билан ишлашга қарши эмас  1 23:35FUTSAL AWARDS-2025: Йилнинг энг яхшиларини тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  0 23:19Флориан Виртц илк голи ҳақида нималар деди?  0 22:55АПЛ. "Ливерпуль" - "Вулверхэмптон" учрашувидан кейинги фактлар  1 22:41"Нефтчи" Убайдуллаев билан икки йиллик шартнома имзолади  4 22:19Ўзбекистон U-21 ўртоқлик ўйинида Иордания U-23 билан дуранг ўйнади  0 22:00АПЛ. "Ливерпуль" ва "Арсенал" кичик ҳисобда ғалабалар қайд этди  2 21:51Саудия Арабистони. 10 ўйинда 10 ғалаба: "Ал Насср" ўз майдонида "Ал Уҳдуд"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  9 21:33"Нефтчи" Эргашев, Сайфиев ва Алибоев билан шартномани узайтирди  4 21:2010 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар  21

Coca Cola Superligasi. 20-tur laureatlari Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. 20-tur laureatlari

Kuni kecha Coca Cola Superligasining 20-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tdi.
Championat.asia o'tkazilgan bahslar asosida tur laureatlarini aniqladi.


"Bunyodkor" bu tur o'z maydonida chempionlik uchun kurashayotgan "Navbahor"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. "Qaldirg'ochlar" posboni shu kuni o'z mahoratini ko'rsatib, darvozani munosib ravishda qo'riqladi va bir necha bor jamoasini gollardan qutqardi. SHu bois, "Bunyodkor" darvozaboni Suhrobjon Sultonov Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 20-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.



"Bunyodkor"ning "Navbahor" ustidan qozongan g'alabasida bosh murabbiy Ivan Boshkovichning hissasi katta bo'ldi. Yaqinda bosh murabbiy etib tayinlangan Boshkovich kuchli tarkibga ega bo'lgan "lochinlar"ga qarshi bir qator yosh futbolchilarni qo'rqmay maydonga tashladi. Ivan Boshkovich shogirdlari shu kuni yaxshi o'yin namoyish qilishdi va haqli g'alabaga erishishdi. SHunday qilib, Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, Ivan Boshkovich 20-turning eng yaxshi murabbiyi deya etirof etildi.



Bu turda "Surxon" yarim himoyachisi Islom Toshpo'latov "Qo'qon-1912"ga qarshi bahsda supergol urdi va tur goliga mualliflik qildi.







"Nasaf" yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy "Paxtakor"ga qarshi bellashuv boshida o'z jamoadoshi bilan to'qnashib ketishi natijasida boshidan jarohat oldi. Boshi bog'langan holda butun o'yin davomida faol o'ynadi va markazda raqib futbolchilariga tinchlik bermadi. Mardonovor o'ynagan Akmal Mozgovoy Championat.asia talqiniga ko'ra 20-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика