So’nggi yangiliklar

19:20Рональд Араухо: "Умид қиламанки, Рэшфорд гол уришда давом этади"  1 19:00Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" (матнли трансляция)  5 18:49Кутганмидингиз? Рэшфорд – ЕЧЛда ҳафта футболчиси!  8 18:34Эктор Купер Месси билан боғлиқ қизиқ воқеани ёдга олди  12 18:31Суперлига. ОКМК - "Бунёдкор" 1:0 (матнли трансляция)  2 17:53Энтони Гордон: "Ньюкасл" "Барселона"га қарши ўйини билан фахрланиши мумкин"  3 17:19Флик: "Бу икки гол Рэшфордга олдинга қадам ташлашга ёрдам беради"  4 16:50"Ҳоландни Левандовски, Месси ва Роналду каби ҳужумчилар қаторида эканлиги билан табриклайман" — Гвардиола  1 16:23Элит ОЧЛ. 1-тур якунлари  2 15:54Ўзбекистон терма жамоаси собиқ етакчилари афсоналар турнирида қатнашади  3 15:32Нодир Элибоев: "Бизда янги давр бошланмоқда. Тажрибали ўйинчилар ўз ўрнини ёшларга бўшатиб бериши табиий ҳол"  0 15:15Конте: "Манчестер Сити"га қарши 10 киши билан ўйнашнинг иложи йўқ"  5 14:41Эрик Кантона Исроилни ФИФА ва УЕФАдан четлаштиришга чақирмоқда  12 14:14Кристенсен "Барселона"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  0 13:45Роналду паделга 5 миллион евро сармоя киритди  0

Coca Cola Superligasi. 17-tur laureatlari Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. 17-tur laureatlari

Coca Cola Superligada 17-tur bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Saytimiz o'z annasiga sodiq qolgan holda tur laureatlarini aniqladi. 


"Nasaf" darvozaboni Abduvohid Nematov yakunlangan turda "Navbahor" bilan safardagi bahsda ajoyib o'ynadi. "Lochinlar"ning ko'plab hujumlari va zarbalaridan keyin Nematov jamoasini gollardan qutqarib qoldi va haqli ravishda championat.asia talqiniga ko'ra 17-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.




"Andijon" yarim himoyachisi Abdullo Olimov "Buxoro" bilan bahsda ajoyib gol urishga muvaffaq bo'ldi. Belgilangan jarima to'pini Olimov chiroyli tarzda raqib darvozasiga yo'lladi. SHu tariqa Abdullo Olimovning goli Championat.asia talqiniga ko'ra turning eng chiroyli goli deb topildi.




Turning qiziqarli o'yinlaridan biri Bekobodda bo'lib o'tdi. Unda "Metallurg" "Lokomotiv"ni qabul qildi. Keskin kurashlarga boy o'tgan bahsda 2:2 hisobi qayd etildi. SHu kuni o'z tug'ilgan kunini nishonlagan "temiryo'lchilar" safida Temurxo'ja Abduxoliqov juda ham faol o'ynadi. Dastlab Maxaradzening golida ishtirok etgan hujumchi, ikkinchi taymda burchakdan uzatilgan to'pni darvozaga yo'lladi. SHu bois Championat.asia talqiniga ko'ra Temurxo'ja Abduxoliqov 17-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.



Bu tur Andijonda autsayderlar o'rtasidagi to'qnash bo'ldi. Aytish mumkin bo'lsa olti ochkolik bahsda Baxtiyor Hamidullaev boshchiligidagi "burgutlar" 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Etiborlisi "Andijon" bu mavsumda o'zining dastlabki g'alabasini aynan 17-turga kelib qo'lga kiritdi. Hujumchi sifatida Andijon futboli afsonasiga aylangan Hamidullaev endi murabbiy sifatida shunga harakat qilishni boshladi. Championat.asia talqiniga ko'ra Baxtiyor Hamidullaev 17-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

 


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика