So’nggi yangiliklar

02:44ОЧЛ 2. Роналдусиз "Ал Насср" Тожикистоннинг "Истиқлол" клубига жавобсиз бешта гол урди  3 02:38Туркия. Шомуродов ассист берган ўйинда "Истанбул Башакшеҳир" "Фотиҳ Карагюмрук"ни мағлубиятга учратди  1 02:05ЕЧЛ. "Бавария" Мюнхенда "Челси"ни мағлубиятга учратди  18 02:05ЕЧЛ. "Ливерпуль" охирги дақиқалардаги гол эвазига камбэк қилаёзган "Атлетико"ни таслим этди. ПСЖ ва "Интер" ўз ўйинларида ғалаба қозонишди  28 00:53"Реал"нинг Хёйсенни четлатилиши бўйича берган апелляцияси рад этилди  0 00:30ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" 0:0  3 23:54ОЧЛ 2. Эроннинг "Истиқлол" клуби "Ал Васл"га ўта йирик ҳисобда мағлуб бўлди. Ўзбек футболчилари қайдномада йўқ эди  3 22:53ОЧЛ 2. "Андижон"нинг гуруҳидаги иккинчи ўйинда ҳам дуранг қайд этилди  23 22:32Тақиқланган модда Мудрикнинг қонига терма жамоа йиғини пайт тушгани маълум бўлди  0 22:02Анри "Арсенал" ҳақида: "Уларда деярли иккита жамоа мавжуд. Бу йил албатта бирор нарса ютиш шарт"  3 21:10Хейсен «Сосьедад»га қарши ўйиндаги ўз четлатишини ВАР бекор қилиши керак эди деб ҳисоблайди  6 20:38ОЧЛ-2. "Андижон" меҳмонда "Аркадағ" билан дуранг ўйнади  128 19:36Гвардиола «Ман Сити»ни ЧЛда ғолибликка даъвогар деб ҳисобламайди: «Аниқ йўқ. Фақат лаҳзалардан роҳатланиб, бу ерда бўлганимиздан хурсандмиз»  6 18:31Собиқ ҳакам Буррул «Реал»нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: «Нотўғри белгиланган. Ўйинчи йиқилди, қўл ҳаракати табиий»  35 17:29"Қизилқум" майдондан чиқишни хоҳламаган футболчи билан шартномани бекор қилди  14

Coca Cola Superliga vakilari IG G va PZR testlarini topshiradi Yangiliklar

Coca Cola Superliga vakilari IG G va PZR testlarini topshiradi

O'zbekiston Professional futbol ligasi pandemiya sharoitida futbol uchrashuvlarini barcha sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda o'tkazilishini taminlash, COVID-19 pandemiyasi davrida futbolchilar, murabbiylar va boshqa mutaxassislar sog'lig'i holatini nazorat qilish uchun malakali shifokorlardan iborat Komissiya tashkil etdi.

Komissiya azolari Coca Cola Superliga klublari shifokorlari bilan onlayn videomuloqot o'tkazib, karantinda davridagi barcha zarur tadbirlarni batafsil tushuntirdi. Bunda futbol uchrashuvlarini tashkil etish bo'yicha O'zPFL tomonidan ishlab chiqilgan maxsus Reglamentga to'la rioya etish birlamchi vazifa hisoblanadi.

Komissiya qaroriga ko'ra, chempionat va mashg'ulotlar to'laqonli davom ettirilishi uchun klublar tomonidan quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilandi:


Ig G’ni aniqlash bo'yicha test topshirgan klublar:
1) Komissiyasiga o'sha test javoblarini taqdim etadi;
2) Test natijasi musbat chiqqan futbolchilar Toshkentda markazlashtirilgan funkcional holatni aniqlash bo'yicha ko'rikdan o'tadi;
3) Ig G natijasi manfiy chiqqan futbolchilar va klubning boshqa vakillari qo'shimcha PZR testini topshiradi.

Ig G’ni aniqlash bo'yicha test topshirmagan klublar:
1) Jamoaning markazlashtirilgan o'yinlarga tashrif buyuradigan futbolchi, murabbiy hamda xodimlarini Ig G’ni aniqlash bo'yicha testdan o'tkazadi;
2) Test natijalari musbat chiqqan futbolchilar Toshkentda funkcional holatni aniqlash bo'yicha ko'rikdan o'tadi;
3) Ig G natijasi manfiy chiqqan qolgan barcha vakillar qo'shimcha PZR testini topshirishadi.

O'zPFL Komissiyasi har bir futbolchining holatidan kelib chiqib, ularning keyingi harakatlarini belgilab beradi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика