So’nggi yangiliklar

18:07"Барселона" бельгиялик вингерга кўз тикди  0 17:38"Барселона" "Атлетико" футболчисини Левандовскига ўринбосар деб билмоқда  1 17:12Ўзбекистон иқтидорларининг энг катта бозори — U-19 чемпионати плей-офф баҳслари эртадан старт олади  1 16:51Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" (матнли трансляция)  2 16:37U-17 Жаҳон чемпионати. Панамани олдин ҳам ютганмиз  2 16:14Ўзбекистон U-17 устози Исмоиловга водий жамоалари қизиқмоқда  11 15:53Мбаппе ва Винисиус ўртасидаги зиддият кучайиб бормоқда  3 15:32Ўзбекистон терма жамоасига бош ошпаз ва нутрициолог жалб этилди  5 15:16Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони 2026 йилги мавсумга тайёр бўлади  2 15:00"Қизилқум" Дилшод Комиловга ўринбосарлар жамоаси машғулотларида қатнашишга рухсат берди  2 14:41Эшитдик-да! Қарши давлат университети Про лигада ўйнаши мумкин  7 14:28"Олимпик-MobiUz"ни ушлаб қолишдан фойда борми? Эртага "Олимпик" тақдири такрорланмайдими?  4 14:25"Реал" очко йўқотди, "Арсенал" ва "Бавария" сенсацион тарзда тўхтатилди, Италияда янги етакчи — Еврофутбол дайжести   0 14:00Расман: "Олимпик" Фарғонага боролмайди  2 13:41Ўзбекистон МТЖ Дубайга етиб борди  10

Coca Cola Superliga. "Navbahor" penaltidan urilgan gol evaziga "Surxon"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. "Navbahor" penaltidan urilgan gol evaziga "Surxon"ni mag'lub etdi

Coca Cola Superliganing 10-turi doirasida "Navbahor" o'z uyida "Surxon"ni qilmoqda.

 

NAVBAHOR – SURXON - 1:0 
14 may 2023 yil. Namangan, "Markaziy" stadioni. 19:00
Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Aleksandr Sidorov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Sardor Ismatullaev
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev
VAR hakami: Firdavs Norsafarov
AVAR: Anvar Marajabov
VAR nazoratchisi: Mamur Saidqosimov
Komissar: Diyor Xotamqulov

Gol: Jasur Yaxshiboev 42 penalti, - 1:0.

"Navbahor": 1. O'tkir Yusupov, 6. Ibrohim Yo'ldoshev, 7. Oston O'runov, 8. Jasur Yaxshiboev (21. Temurxo'ja Abduholiqov, 53), 10. Jamshid Iskanderov, 11. SHoxruz Norxonov, 17. Abrorbek Ismoilov, 22. Igor Golban, 27. SHahboz Jo'rabekov, 31. Luka CHermel, 77. Asadbek Sobirjonov.
Zaxira: 44. Xurshid Xodjaev, 5. Milosh Miloshich, 20. Muzaffarxon Mo'minov, 24. Davron Hoshimov, 55. Asadbek Jo'raboev, 98. Davronbek Olimjonov.

"Surxon": 1. Artyom Potapov, 2. Bobirjon Asqarov (5. Azizbek Pirmuhammadov, 81), 3. Sunnatullox Hamidjonov, 7. Dostonbek Tursunov, 8. Xumoyun SHerbo'taev, 10. Tamirlan Jamalutdinov (4. SHamil Gasanov, 46), 18. Silvanus Nimeli, 19. Nuriddin Hasanov (9. Muhammadali Abdurahmonov, 89), 27. Asilbek Jumaev (17. Jahongirbek Abdusalomov, 81), 55. SHohjahon Sultonmurodov, 66. Bexruz SHaydulov.
Zaxira: 13. Azizxon Isoqov, 6. Artyom Sokal, 15. Diyor Ramazonov, 16. Artyom Filiposyan, 99. Kamron Saidazimov.

Ogohlantirishlar: SHohjahon Sultonmurodov 69,


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH




90+5. O'yin tugadi. "Navbahor" - "Surxon" 1:0

90+3. Oston O'runovning zarbasidan so'ng, to'pni mehmonlar posboni qaytardi. Qaytgan to'pni SHohruz Norxonov darvozaga yo'lladi. Lekin uning zarbasidan so'ng, to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

90+1. ZARBAAAAA! Temurxo'ja Abduxoliqovning zarbasidan so'ng, to'pni mehmonlar posboni Artyom Potapov qaytarib, maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

90. O'yinga 5 daqiqa qo'shildi

89. O'zgarish. "Surxon". Nuriddin Hasanov o'rniga Muhammad Ali Abdurahmonov maydonga tushdi.

86. Temurxo'ja Abduxoliqovning uzoq masofadan darvozaga yo'llagan zarbasidan so'ng to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

82. Bugungi o'yinni ko'rish uchun stadionga 10200 nafar muxlis tashrif buyurdi.

81. O'zgarishlar. "Surxon". Asqarov va Jumaev o'rniga Pirmuhammadov va Abdusalomov tushdi

73. ZARBA! Temurxo'ja Abduxoliqovning zarbasidan so'ng, to'pni Artyom Potapov ushlab oldi.

70. Oston O'runovning zarbasidan so'ng, to'p raqib futbolchilaridan biriga tegib, maydonni tark etdi.

69. Ogohlantirish. "Surxon". SHohjahon Sultonmurodov

67. ZARBAAAAA!  Asilbek Jumaevning zarbasidan so'ng, O'tkir Yusupov to'pni qaytarib, maydon tashqarisiga chiqarib yubordi!

59. Luka CHermel to'pni ajoyib tarzda raqib jarima maydonchasi ichiga etkazib berdi. Lekin so'nggi pallada SHohruz Norxonov to'pga eta olmadi.

53. O'zgarish. "Navbahor". Yaxshiboev o'rniga Abduholiqov tushdi

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. "Surxon". Tamirlan Jamalutdinov o'rniga SHamil Gasanov maydonga tushdi.



45+2-daqiqa. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 1:0

45-daqiqa. Uchrashuvning 1-bo'limiga to'xtalishlar uchun 2 daqiqa qo'shib berildi.

42-daqiqa. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! JASUR YAXSHIBOEV! 1:0. Penaltidan unumli foydalangan Yaxshiboev mavsumdagi o'zining ikkinchi golini urdi!

40-daqiqa. PENALTI! "Surxon" darvozasi tomon, Asqarov Norxonovni yiqitgani uchun

38-daqiqa. UXXXXX! SHohruz Norxonovning zarbasidan so'ng, darvozaga kirib ketayotgan to'pni Hamidjonov qaytardi.

33-daqiqa. ZARBA! Jamshid Iskanderovning zarbasidan so'ng, to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

26-daqiqa. SHohruz Norxonovning zarbasidan so'ng, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

20-daqiqa. "Navbahor" chap qanotdan hujum uyushtirdi va to'p jarima maydonchasiga etkazildi, ammo o'z o'rnida himoyachilar ham ishonchli harakat qila olishdi. 



17-daqiqa. Endi "Surxon" hujumlar uyushtirishga harakat qilib, raqib himoyasi va darvozasiga bosim uyushtirishga urinmoqda. 

13-daqiqa. Burchakdan uzatilgan to'pni mezbonlar vakili darvozaga to'g'ri yo'llay olsa bo'lgani edi, biroq Yaxshiboevning boshi bilan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.   

12-daqiqa. Navbahor"ning xavfli hujumini yakunlash uchun zarba beradigan futbolchi topilmadi va faqatgina burchak to'pi.

9-daqiqa. Sunnatullox Hamidjonov markazda O'runov bilan to'p uchun kurashdan keyin yordamga muhtoj bo'lib yotibdi.

Pastroqdan kuchli tarzda yo'llangan to'pni Yusupov egallab oldi. 

6-daqiqa. Igor Golban raqib hujumchisini qo'pollik evaziga to'xtatdi. Jarima zarbasi belgilandi.

5-daqiqa. Darvozabonga bosim ish berdi u to'pni maydon tashqarisiga tepib yubordi. 

3-daqiqa. Navbahor" hujum uchun yo'l izlamoqda.  



1-daqiqa. O'yin boshlandi!

- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.


Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика