So’nggi yangiliklar

16:30Дешам Саудия Арабистонидан таклифлар олганини тасдиқлади  0 16:07Ямаль Испания терма жамоаси қайдномасидан чиқарилди  2 15:46"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?  5 15:34Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси ЖЧ йўлланмасини муддатидан олдин ҳал этди!  5 15:18Ўзбекистон U-19 чемпионати — Осиёда йилнинг энг яхши ёшлар лигаси  1 14:4924 ёшли дарвозабон, амалдаги чемпионни ютган мураббий, термага чақирилмайдиган вингер, турни безаб берувчи голни урган хавбек — Суперлигада 28-турнинг энг яхшилари  1 14:27Исақов, Папава, Плетнёв, Умар, Дориев... Суперлига 28-тур рамзий терма жамоаси  0 14:01Гвардиола: "Силва — мен учратган энг ақлли футболчилардан бири"  0 13:29Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин  28 13:12Арне Слот ҳакамлардан норози: "Лайнсмен байроқни кўтариш учун 13 сония вақт сарфлади"  0 12:45Фердинанд МЮ натижасига катта ҳисса қўшаётган 3 футболчини ажратиб кўрсатди  1 12:07"Челси" "Реал" ортга қайтаришни хоҳлаётган истеъдодга эътибор қаратди  4 11:40Нагельсманн Германиянинг ноябрь ойидаги йиғинидан тажриба майдони сифатида фойдаланиш ниятида эмас  0 10:49АПЛнинг ўртамиёна жамоаси "Барселона" футболчисига 80 миллион евро беришга тайёр  4 10:00Стивен Жеррард Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  2

Coca Cola Superligasi. Xoldorxonov so'nggi soniyada gol urib Toshkent derbisida "Paxtakor"ga g'alaba keltirdi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. Xoldorxonov so'nggi soniyada gol urib Toshkent derbisida "Paxtakor"ga g'alaba keltirdi

Coca Cola Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvi yakunlandi.


"Bunyodkor" - "Paxtakor" 1:2
25 iyun 2023 yil. Toshkent, "Bunyodkor" stadioni. 20:00

Gol: 11 - Suhrob Izzatov (Doniyor Abdumannopov), 72 - Hojiakbar Alijonov (Abbosbek Fayzullaev), 90+5 - Po'latxo'ja Xoldorxonov
Hakamlar:
Temurbek To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Ibrohim Ismoilov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
VAR hakami: Firdavs Norsafarov
AVAR: Avaz Abdullaev
Komissar: Vladimir Nazarov

"Bunyodkor": 32. Suhrobjon Sultonov, 2. Aleksey Nosko, 3. Mahmudjon Mahamadjonov, 4. Davronjon Ergashev (sardor), 6. Avazbek O'lmasaliev, 7. Akbarjon Ismatullaev, 10. Rasul Yo'ldoshev (57. Amir To'raqulov,66), 22. Usmonali Ismonaliev (37. Muhammadodil Qahramonov, 86), 33. Doniyor Abdumannopov (99. Umid Sultonov, 66), 34. Suhrob Izzatov (15. Jasurbek Hakimov, 80), 88. Jahongir O'rozov.
Zaxira: 71. Sarvar Karimov, 5. Jasurbek Yoqubov, 29. Muzaffar Olimjonov, 9. Aleksandr Zevadinov, 45. Farhod O'tkirov, .

"Paxtakor": 35. Sanjar Quvvatov, 3. Hojiakbar Alijonov, 4. Dostonbek Tursunov, 7. Odiljon Hamrobekov, 8. Azizbek Turg'unboev (11. Po'latxo'ja Xoldorxonov, 88), 10. Dragan CHeran (sardor), 14. Abbosbek Fayzullaev, 17. Dostonbek Hamdamov (77. Dilshod Saitov, 62), 27. Sardor Sobirxo'jaev, 28. Diyor Xolmatov, 34. Farrux Sayfiev.
Zaxira: 33. Eldorbek Suyunov, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 16. Rustam Turdimurodov, 30. SHahzodbek Rahmatullaev, 40. Diyorbek Ortiqboev, .



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi
90+5. GOOOOOOOOOOL. Xoldorxonov hisobni o'zgartirmoqda

90. Diyor Xolmatovning zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

Ikkinchi bo'limga besh daqiqa qo'shib berdi

88. O'zgarish: Turg'unboev maydoni tark etdi, uning o'rniga Xoldorxonov maydonga tushdi

86. O'zgarish: Qahramonov Ismonalievni alishtirdi

84. Yana Sultonov. Bu safar Sobirxo'jaevning bosh bilan yo'llagan zarbasini qaytardi

80. O'zgarish: Hakimov maydonga tushdi, u Suhrob Izzatovni alishtirdi

77. Azizbek Turg'unboev darvozabon bilan birga bir chiqib bordi va zarba yo'lladi, biroq juda noaniq

74. Diyor Holmatovning zarbasini yana Sultonov qaytardi

72. GOOOOOOOOOOL. Alijonov o'zi boshlagan hujumni o'zi yakunladi. Abbosdan esa super uzatma

70. SUPERSEYV. Sultonovdan navbatdagi dabl seyv. Jarimadan uzatilgan to'pni CHeran yarim metrdan boshi bilan zarba yo'lladi, to'pni esa Sultonov qaytardi. Qaytgan to'pni esa Abbos darvozaga joylay olmadi

66. O'zgarish: Sultonov va To'raqulov maydonga tushdi. Ular Abdumannonov va Yo'ldoshev maydoni tark etdi

63. Qanday imkoniyat. Fayzullaevning zarbasi ustunga tegmoqda, qaytgan to'pni esa CHeran darvozaga joylab qo'ya olmadi

62. SULTONOOOOV. CHeraning zarbasini mezbonlar darvozaboni qaytarmoqda

61. O'zgarish: Hamdamovning o'rniga Saitov maydonga tushdi

57. Turg'unboevning boshi bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. Sultonov to'pni kiritib beradi

56. Sayfievning uzatmasini Sultonov chiqarib yubormoqda

54. Doniyor Abdumannov yana bir bor "Paxtakor" himoyachilaridan o'tib ketdi va zarba yo'lladi, biroq ozgina noaniq

48. Alijonovning uzatmasini Sultonov qaytarmoqda. Ikkinchi bo'limda mehmonlar hujumlar bilan boshlashdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

Hakam birinchi bo'limga uch daqiqa qo'shib berdi

42. "Bunyodkor" ajoyib tarzda qarshi hujumga o'tdi. Abdumannonovning zarbasiga aniqlik etishmadi

39. Akbar Ismatullaev maydon markaziyda yotibdi, unga shifokorlar yordam berishmoqda

37. Turg'unboevning boshi bilan yo'llagan zarbasini himoyachi boshi bilan qaytarmoqda

35. Sayfievning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

32. Noskoning zarbasini darvozabon ushlab oldi

28. Sayfievning jarimdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi

27. "Paxtakor" uchun yaxshi imkoniyat. Mehmonlar qulay joydan jarima zarbasiga ega bo'lishmoqda

23. Mezbonlar goldan so'ng to'liq qarshi hujum taktikasiga o'tdi, hozircha "SHerlar" "Qaldirg'ochlar"ning himoya qo'rg'onini yorib o'ta olmayabti

18. Hozircha uchrashuvdagi yagona golga assist qilganDoniyor Abdumannopov jarohat olib maydonda yotibdi. Unga shifokorlar yordam ko'rsatishmoqda

11. GOOOOOOOOOL. "Bunyodkor" qanotdan yaxshi hujum tashkil qildi va Suhrob Izzatov hisobni ochmoqda

8. Abbos Fayzullaevda ajoyib imkoniyatga ega bo'ldi, biroq Abbosning yaqin masofadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi

2. Ilk daqiqada mezbonlar burchak zarbasiga ega bo'ldi, Izattovning uzatmasini mehmonlar qaytarmoqda

Uchrashuv boshlandi

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика