So’nggi yangiliklar

13:31Гол уриб, қизил карточка олган Экитике кечирим сўради  0 12:51Моуринью "Риу Аве" билан 1:1 ҳақида: "Бош ҳакамда ирода йўқ"  2 12:44ЎФФ президенти Миллий терма жамоа ўйинчилари билан учрашди  0 11:58Футзал. Бугун Ўзбекистон Қирғизистон билан ўйнайди  0 10:55Пролига. "Олимпик-Mobiuz" бугун Нукусда меҳмон бўлади  0 10:32МЮ қишда тажрибалироқ дарвозабон билан шартнома имзоламоқчи  5 09:38"Ливерпуль" ҳужумчиси гол уриши билан қизил олди  0 09:10ФИФА 2030 йилги жаҳон чемпионатини 64 та жамоа билан ўтказишдан манфаатдор - манба  14 09:05Goal. 2026 йилги "Олтин тўп" даъвогарлар рейтингини тузди. Амалдаги "Олтин тўп" соҳиби ТОП-5 да ҳам эмас  13 08:47Расман: "Барселона" юлдузларидан бири жароҳат туфайли узоқ муддатга сафдан чиқди  4 08:20Саудия қироли кубоги. "Олтин тўп" соҳиблари майдонга тушмаган баҳсда "Ал Насср" ва "Ал Иттиҳод" кейинг босқичга чиқди  1 07:48Ҳусанов жароҳат сабабли "Манчестер Сити"нинг нечта учрашувида майдонга тушмаслиги маълум  14 02:24Италия кубоги. "Милан" "Лечче"га қарши учрашувда навбатдаги ишончли ғалабасини қайд этди  2 02:20Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Леванте"ни йирик ҳисобда таслим этди  20 02:10Англия лига кубоги. "Ливерпуль" ва "Челси" ўз учрашувларида ғалаба қозониб, кейинги босқичга йўл олишди  8

Coca Cola Superliga. 1-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. 1-tur ramziy terma jamoasi

9-11 mart kunlari Coca Cola Superligada 1-tur bellashuvlari bo'lib o'tdi.

"Championat.asia" ijodkorlari odatga ko'ra yakuniga etgan tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqishdi. Demak, kutib oling 1-turning ramziy terma jamoasi:

"So'g'diyona" klubi o'z tarixida ilk bor Namanganda g'alabaga erishishida darvozabon SHirinboy Abdullaevning hissasi katta bo'ldi. U bir necha vaziyatlarda jamoasini gollardan qutqarib qoldi. Ikkinchi bo'limda Mahmudhojiev va Azim Ahmedovning zarbalaridan keyin ajoyib seyvlarni amalga oshirgan Abdullaev ramziy terma jamoamizdan o'rin oldi.




O'ng qanot himoyasiga "Mashal" vakili Zafarbek Akramovni qo'ydik. Garchi jamoasi mag'lub bo'lgan bo'lsa ham Akramov shu kuni ancha yaxshi harakat qildi. Bir necha bor o'z qanotidan reydlar uyushtirdi va raqib himoyachilariga bosh og'riq bo'lishga urindi. 1999 yilda tug'ilgan himoyachi Superligada yanada yaxshi o'ynashiga umid qilamiz.

CHap qanotga "Paxtakor" vakili Farruh Sayfievni tanladik. Qarshida kechgan bahsni chap qanotda boshlagan Sayfiev o'yinni o'ng qanotda yakunladi. Aynan u o'ng qanotga o'tgach "ajdarlar"ning hujumlari deyarli kuzatilmadi. SHunday ekan irodali g'alabada Sayfievning ham kattagina hissasi bor.

Markaziy himoyada "So'g'diyona" vakili Sardor Qulmatov va "Surxon" himoyachisi Jasur Yoqubov o'rin oldi. Qulmatov Namanganda "Navbahor"ga qarshi bahsda ishonchli o'yin namoyish etdi va jamoasi gol o'tkazmasligini taminladi. Termizliklar safida Yoqubov esa "Metallurg"ga qarshi yaxshi harakat qildi. Bahs so'nggida aynan u burchak to'pidan keyin raqib darvozasiga gol urib "Surxon"ga o'ta muhim g'alabani keltirdi.



"Paxtakor" vakili Sardor Sobirxo'jaev "Nasaf" bilan bahs taqdirini o'zgartirib yubordi. Dastlab aynan u yiqitilganidan so'ng penalti belgilandi, so'ngra aynan Sobirxo'jaevning to'p uzatishidan keyin IbrohimHalil Yo'ldoshev hal qiluvchi golni urdi.

AGMK legioneri Yovan Jokich "Lokomotiv" bilan uchrashuvda faol harakat qildi. Raqib jamoasining hujumlarini yarim yo'lda to'xatishda Jokichning xizmati katta bo'ldi. Birinchi golda ishtirok etgan yarim himoyachi, Aleksandr Kasyanning goliga hammualliflik qildi.

AGMKning yana bir legioneri Elvin Fortes uchun mavsum ajoyib boshlandi. "Lokomotiv" bilan bahs avvalida futbolchi O'zbekistondagi debyut golini urishga muvaffaq bo'ldi. Bundan tashqari o'yin davomida Fortes ancha faol bo'ldi.



"Nasaf" yarim himoyachisi Oybek Bozorov "Paxtakor"ga qarshi o'yinning eng faol o'yinchisi bo'ldi. Raqiblarni bir necha bor ajoyib tarzda aldab o'tdi va sheriklarini qulay vaziyatga chiqardi.

Hujum chizig'idan AGMK legioneri Aleksandr Kasyan o'rin oldi. "Lokomotiv"ga qarshi bahsda Olmaliq klubida debyut qilgan rossiyalik hujumchi ancha faol harakat qildi va jamoasiga g'alaba keltiruvchi golga mualliflik qildi.

Nihoyat ramziy terma jamoaning so'nggi vakili "Qo'qon-1912" hujumchisi Mo'min Meliev bo'ldi. Yaypanda Superliga debyutanti "Turon" mehmoni bo'lgan qo'qonliklar g'alaba bilan ortga qaytishdi. "Qo'qon-1912"ning birinchi goliga aynan Meliev mualliflik qildi. Uning goli juda ham chiroyli chiqqanini ham takidlash lozim.



Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика