CHiluell og'ir jarohat oldi
03 noy 2022 18:01
Yangiliklar
CHiluell og'ir jarohat oldi
Kecha tunda Londonning "CHelsi" jamoasi CHempionlar Ligasi guruh bosqichi so'nggi turida Zagrebning "Dinamo"si bilan to'qnash kelib, g'alabaga erishdi (2:1).
Final hushtagi yangrashiga bir necha daqiqa qolganida Ben CHiluell tizzasida og'riq sezdi.
Jurnalist Saymon Fillipsning fikricha, chap qanot himoyachisi katta ehtimol bilan Jahon chempionatini o'tkazib yuboradi.
"Bu o'tgan yilgi qishning dahshatli takrorlanishi, biz Ben CHiluell va Ris Jeymsni yo'qotdik. O'shanda bu bizga qimmatga tushgandi, hozir ham shunday bo'lishi mumkin.
Grem Potterdan ko'prog'ini eshitamiz, lekin u ertaga yoki undan keyingi kuni tibbiy ko'rik natijalari chiqishini aytsa kerak.
Eng yaxshi holatda ham, biz ko'rganimiz, minimal muddat bir oy ekanligidan darak bermoqda – bu esa CHiluell Jahon chempionatida qatnashmasligini anglatadi", – dedi Fillips.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar