CHex va Adams APL SHon-sharaf zaliga kiritildi
04 may 2023 14:49
Yangiliklar
"Arsenal" va "CHelsi" sobiq yulduzi Petr CHex va "Arsenal" sobiq sardori Toni Adams Premer-liga SHon-sharaf zalidan joy oldi.
Bu haqda APL rasmiy sayti xabar berdi.

CHex "CHelsi" va "Arsenal" uchun 443 ta o'yinning 202 tasida gol o'tkazib yubormagan. Darvozabon "ko'klar" tarkibida 4 marta Angliya chempioni va mamlakat kubogi sohibi bo'lgan. SHuningdek, u 3 marta Liga Kubogi va 2 marta Angliya Superkubogida g'alaba qozongan. CHech klub bilan CHempionlar Ligasi va Evropa Ligasida ham g'olib chiqqan. "Arsenal"da esa 1 marta Angliya Kubogi va ikki marta Superkubogini qo'lga kiritgan.

Adams 4 marta Angliya chempioni bo'lgan. 3 marta Angliya Kubogi va Superkubogini, 2 marta Liga Kubogini boshi uzra ko'targan. 1993/94 yilgi mavsumda Kubok egalari kubogini yutgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar