So’nggi yangiliklar

17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан". Таркиблар маълум  0 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  4 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  9 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  104 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  6 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  4 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  12 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1

CHex – baraban chalish, Bekxem – qilichbozlik. Yulduzlarning xobbisi Yangiliklar

CHex – baraban chalish, Bekxem – qilichbozlik. Yulduzlarning xobbisi

Futbolchilarning hayoti va xayoli futboldan bir daqiqa ham uzilmaydi deb o'ylasangiz, xato qilasiz.

Albatta, ular butun hayotini futbolga bag'ishlamagan va futboldan boshqa xobbisi va o'ziga xos odatlari mavjudligi tabiiy. Keling, hozir bazi bir dunyo tanigan futbol yulduzlarining qiziqarli xobbilari qanaqa ekanligini bilib olamiz.

Petr CHex – barabanchi

Afsonaviy darvozabon Petr CHexning eng yoqtirgan xobbisi baraban chalishdir. CHexiyalik bu haqda interyularidan birida aytib o'tgan. Uning takidlashicha, 2010 yildan boshlab baraban chalishni o'rgana boshlagan. Hozir ham bazida oilaviy bayramlarda Petr "barabanchi" poziciyasida harakat qilib turadi.

Teo Uolkott – bolalar kitoblari muallifi

Angliyalik hujumchi Teo Uolkotning bolalar uchun mo'ljallangan kitoblar nashr ettirishi haqida eshitganmisiz? Kitoblar mavzusi asosan, futbolga bag'ishlangan. Angliyada kitobsevar ota-onalar farzandlari uchun Teodan yangi kitoblar kutishadi. 

Maykl Ouen – ot poygasi ishqibozi

"Liverpul" klubi sobiq futbolchisi sportnig yana bir boshqa turi – ot poygasiga jiddiy muxlislik qiladi. Eng yoqtirgan xobbisi otlarni poygaga tayyorlash. Yirik otxonasida bu uchun alohida odamlarni yollagan. SHaxsan o'zi ham kichik ot poygalarida qatnashib turadi.

Devid Bekxem – qilichboz

Futboldagi faoliyatidan keyin Gollivud hayotini tanlagan superyulduz qilichbozlikka ham qiziqib qolgan. Uning yaqin do'sti, kinoyulduz Uill Smit bu haqda shunday deydi:

"Ko'pincha Bekxem bilan Tom (Kruz)ning uyida qilichbozlik bilan soatlab shug'ullanamiz".

Xavi – qo'ziqorinchilik shinavandasi

"Barselona" afsonasi Xavining sevimli xobbilaridan biri – bu qo'ziqorinchilik. U hatto Jerar Pike hamda SHakirani qo'ziqorin terishga taklif qilgan. Gvardiola esa hazilomuz tarxda shunday degandi: 

"Qo'ziqorinchilardan yomonlik chiqmaydi".

Toni Kroos – nishonni poylash (darts).

Germaniyalik charm to'p ustasi Toni darts o'yinini yoqtiradi. Balki juda ko'p shug'ullangani uchunmi, bu futbolda o'z aksini topadi. Germaniya terma jamoasi futbolchilari Kroosning odatidan xabar topib, hazil sifatida unga darts sovg'a qilishgan.

Jo Allen – tovuqchilik fermalari sohibi

"Liverpul" klubi sobiq futbolchisi o'ziga xos biznesmen. Jo Allenning ayni payta bir nechta tovuq fermasi mavjud bo'lib, rafiqasi bilan birga tuxum sotiladigan do'konlarni tashkil qilishgan.

Yuqoridagilar ayrim futbolchilarning ajoyib va o'ziga xos qiziqishlari edi. Futbol – hammasi emas. Qiziqish va odatlardan voz kechish esa mushkul masala, hatto u qo'ziqorinchilik va tovuqchilik bilan aloqador bo'lsa ham.

SHuhrat Xomidov tayyorladi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика