So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

CHempionlik uchun kurashda to'rtlikdagi holat: o'zaro o'yinlar bo'yicha ustunlik kimda? Yangiliklar

CHempionlik uchun kurashda to'rtlikdagi holat: o'zaro o'yinlar bo'yicha ustunlik kimda?

Bu yil chempionlik kurashi oxirgi turlargacha davom etadiganga o'xshaydi.

"Paxtakor" raqobatchilarni ortda qoldirib, qochib ketgandek edi. Biroq oxirgi 3 ta turda ochkolarni yo'qotgan (2 durang 1 mag'lubiyat) "sherlar" endi 3 ochkolik masofada. 

Xabaringiz bo'lsa kerak, chempionlik masalasida agarda ochkolar teng kelib qolsa, reglament bo'yicha avvalo o'zaro o'yinlardagi natija ustuvor bo'ladi.

O'zaro o'yinlarda ushbu to'rtlikdan eng yaxshi holat esa Qarshining "Nasaf" klubida, qolganlarda deyarli teng holat.

  • "Nasaf" o'zaro o'yinlarda "Neftchi"dan ustun, "Paxtakor" va "Navbahor" bilan teng, lekin javob o'yinlari bor.
  • "Neftchi" o'zaro o'yinlarda to'plar nisbatiga ko'ra "Nasaf"ga yutqazdi. "Paxtakor"dan esa ustun, "Navbahor" bilan teng va javob o'yini bor.
  • "Paxtakor" o'zaro o'yinlarda faqat "Navbahor"dan yaxshi, "Neftchi"ga yutqazgan va "Nasaf" bilan javob uchrashuvi oldidan holat teng.
  • "Navbahor" o'zaro o'yinlarda "Paxtakor"ga yutqazgan, javob uchrashuvlaridan oldin "Nasaf" va "Neftchi" bilan teng. 

Ko'rinib turibdiki, faqat "Nasaf" hozircha ushbu to'rtlikda o'zaro o'yinlarga (ikki o'yinning umumiy natijasi hisobga olinadi) ko'ra hech kimga yutqazmagan. 


Biroq hali oldinda o'yinlar etarli va yakunda jamoalarning jadvalda qanday joylashadi, degan savol ochiqligicha qolmoqda. Aziz o'quvchi, bu borada siz qanday fikrdasiz?  

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика