So’nggi yangiliklar

22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  0 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  8 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:46Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" - "Машъал" 3:1 (матнли трансляция)  32 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   5 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  12 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  4 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  1

CHempionlik tantana qilinadigan "Paxtakor" - "So'g'diyona" uchrashuvini o'tkazib yubormang! Yangiliklar

CHempionlik tantana qilinadigan "Paxtakor" - "So'g'diyona" uchrashuvini o'tkazib yubormang!

Superliga 21-turida "Paxtakor" Toshkentda "So'g'diyona"ni qabul qiladi.

Allaqachon chempionlikka erishib bo'lgan "SHerlar" muxlislarni chiroyli futbol bilan xursand etishga urinishadi. Jizzaxliklarda esa CHempionlar Ligasiga chiqish imkoniyati mavjud. SHu sababli bahsning qiziqarli va keskin kechishiga shubha yo'q. Jamoalar safida diskvalifikaciya bilan bog'liq yo'qotishlar mavjud emas.

Milliy chempionatlar doirasida o'zaro 47 uchrashuv bo'lib o'tgan. 39 bellashuvda "sherlar" g'alabaga erishgan bo'lsa, 4tadan o'yinda durang va raqibning g'alabasi qayd etilgan. 120 gol urgan "SHerlar" o'z darvozasidan 38 to'p o'tkazib yuborishgan. "Paxtakor"ning eng yirik g'alabalari 6:1 va 5:0 hisoblarida kuzatilgan. Toshkentdagi 23 bahsning 21tasida "Paxtakor" muvaffaqiyatini nishonlagan. Faqat bir martadan jizzaxliklar yutug'i va durang qayd etilgan. 1995 yildan beri "So'g'diyona" safar o'yinlarida ochko olmagan.

O'yinga tashrif buyuradigan muxlislar chempionlik nishonlanishiga atalgan ajoyib kechaga guvoh bo'lishlari mumkin. Ishqibozlarning nafaqat qiziqarli futbol, balki chempionlikning chiroyli bayram qilinishidan bahramand bo'lishlarini istaymiz.

Bellashuv yakuniga etgach, stadionda lazer shou tashkil etiladi. Bundan tashqari, milliy estrada yulduzlari ishtirokida koncert dasturi, qimmatbaho sovg'alar qo'yilgan ijtimoiy akciya va eng muhim tadbir - chempionlik kubogini topshirish marosimi bo'lib o'tadi.

Biz futbol bayramida barcha muxlislarni kutib qolamiz. "Paxtakor" - "So'g'diyona" bellashuvi 1 oktyabr, seshanba kuni "Paxtakor" stadionida soat 17:00da boshlanadi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика