CHempionlarga xos xarakter ko'rsatgan "Real" 9-g'alabani rasmiylashtirdi
14 iyu 2020 03:08
Yangiliklar
CHempionlarga xos xarakter ko'rsatgan "Real" 9-g'alabani rasmiylashtirdi
Ispaniya chempionatining 36-turi doirasida "Qirollik klubi" safarda "Granada" bilan uchrashdi.
O'ninchi va o'n oltinchi daqiqalarda ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qilgan "Real" oson g'alabaga erishadigandek tuyulgandi, ammo ikkinchi bo'limda mezbonlar raqib bo'shashganidan foydalanib bitta gol urishga muvaffaq bo'lishdi. Lekin "Real Madrid" futbolchilari xarakter ko'rsatib, chempionlik sari muhim qadam tashlashdi.
Takidlab o'tamiz, Zinedin Zidan shogirdlari qatorasiga 9-g'alabani qo'lga kiritishdi.
"Granada" – "Real Madrid" 1:2
"Nuevo Los Karmenes" stadioni
Gollar: 0:1 – 10 Mendi, 0:2 – 16 Benzema, 1:2 – 50 Machis.
"Granada" – Ruy Silva, Duarte, Dias (Puertas, 46), Xerman Sanches, Fulke (Montoro, 55), Aziz, Jil Diash, Viko (Eteki, 75), Errera (Antonin, 75), Machis (Keybashi, 85), Fernandes.
"Real Madrid" – Kurtua, Ramos, Mendi, Karvaxal, Varan, Kazemiro, Kroos, Isko (Rodrigo, 64), Modrich, Valverde (Asensio, 64), Benzema.
Ogohlantirishlar: Mendi (17), Duarte (46), Jil Diash (58), Kurtua (90).
|
Granada Darwin Machis - 50' |
LaLiga . 36-tur 14/07/2020, 02:00 2
:
1
Tugadi
|
Real Madrid Ferland Mendy - 10', Karim Benzema - 16' |
Stadion: Estadio Nuevo Los Carmenes, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Jaime Latre


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar