"CHelsi" yana bir darvozabonga pul sarfladi, endi ularda 7 nafar posbon bor
31 iyu 2024 13:04
Yangiliklar
"CHelsi" yana bir darvozabonga pul sarfladi, endi ularda 7 nafar posbon bor
"CHelsi" klubi "Vilyarreal" darvozaboni Filip Yorgensen transferini elon qildi.
"Ko'klar" 22 yoshli daniyalik posbon bilan 7 yillik shartnoma imzolashdi. Filip jamoa safiga AQSH yig'inida qo'shiladi.
Xabar qilinishicha, "CHelsi" Yorgensen uchun 24.5 mln evro to'laydi.
Malumot uchun, endi "aristokratlar" tarkibidagi darvozabonlar soni 7 nafarga etdi. Bular: Robert Sanches, Jorj Petrovich, Kepa Arrisabalaga, Markus Bettinelli, Lukas Bergstrom, Gabriel Slonina va Filip Yorgensen.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar