"CHelsi" sobiq darvozaboni: "Hozirgi tarkibdagi futbolchilarning yarmini tanimayman"
16 sen 2023 10:55
Yangiliklar
"CHelsi" sobiq darvozaboni: "Hozirgi tarkibdagi futbolchilarning yarmini tanimayman"
"Agar siz Kaysedoga 115 million funt sarflayotgan bo'lsangiz, Raysga 120 million funt sarflashingiz mumkinmi? Men Deklanni "Arsenal"da o'ynashni istamaydi demayman, lekin, menimcha, u "CHelsi"ga o'tishni ham xohlagan.
Qanday qilib Rays boshqa jamoada o'ynayapti? Unga o'xshagan futbolchilar o'tmishda "CHelsi"ga kelib qo'shilgan. Men o'z yosh toifasida eng kuchlilar qatorida bo'lgan futbolchilar haqida gapiryapman, Deklan Rays o'zining eng yuqori cho'qqisida edi.
Men "CHelsi" futbolchilarining yarmini tanimayman! Men uchun bu g'alati, hammasi juda g'alati. Men jamoa qanday qurilayotganini tushunmayapman, qayta qurishning butun o'tish bosqichi men uchun jumboqli.
Enco Fernandesni yoqtirmayman demayman, lekin agar biz u va Kaysedo uchun 230 million funt sarflayotgan ekanmiz, ulardan ko'ra Raysni sotib olgan bo'lardim. Iltimos, jamoaga eng sara futbolchilarni olib keling", – dedi Begovich.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar