"CHelsi" sardori mavsum boshlanmasidan jarohat oldi
12 avg 2024 11:06
Yangiliklar
"CHelsi" sardori mavsum boshlanmasidan jarohat oldi
"CHelsi" himoyachisi va sardori Ris Jeyms nomalum muddatga safdan chiqdi. Bu haqda "The Athletic" nashri xabar bermoqda.
Futbolchi tizzasidan jarohat orttirib olgan. U aynan shu jarohat tufayli o'tgan mavsum 4 oydan ko'proq vaqtni o'tkazib yuborgandi.

24 yoshli fulbek har qanday holatda ham yangi mavsum startini o'tkazib yuboradi. Sababi oxirgi kampaniya yakunida futbolchi sportga xos bo'lmagan xatti-harakati uchun APLning 4 ta o'yiniga diskvalifikaciya qilingan, shundan so'ng 1 ta o'yinni o'tkazib yuborishga ham ulgurgandi.
SHu tariqa Jeyms APLning yangi mavsumida "Manchester Siti" (18 avgust), "Vulverxempton" (25 avgust) va "Kristal Pelas" (1 sentyabr)ga qarshi uchrashuvlarda qatnashmaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar