"CHelsi" Raboga qiziqish bildirmoqda
24 okt 2022 18:28
Yangiliklar
"CHelsi" Raboga qiziqish bildirmoqda
London klubi qishki transferlar oynasida "Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Raboni tarkibiga qo'shib olmoqchi.
27 yoshli Rabo yozda Angliyaning boshqa bir jamoasi "Manchester Yunayted" azosiga aylanishi mumkin edi. Biroq maosh bo'yicha talablar transferning amalga oshmay qolishiga olib kelgan edi.
Franciyalik futbolchining amaldagi jamoasi bilan shartnomasi 2023 yilda nihoyasiga etadi. Turin klubi futbolchini berib yuborishga qarshi emas. SHuningdek, futbolchiga "Nyukasl" ham ko'z tikkani xabar qilinmoqda.
Adrien Rabo ushbu mavsum jami 10 ta o'yinda maydonda ko'rinish berdi va 4 ta golga mualliflik qildi. U 17 mln evroga baholanmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar