So’nggi yangiliklar

18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  0 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  3 18:02Суперлига. "Бунёдкор" - "Хоразм" 0:0 (Матнли трансляция)  3 17:22"Бёрнли" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  4 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  10 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  7 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0

"CHELSI" - PSJ 2:0. "CHelsi" CHempionlar Ligasi yarim finalida! Yangiliklar

"CHELSI" - PSJ 2:0. "CHelsi" CHempionlar Ligasi yarim finalida!

Evropa chempionlar ligasi chorak finali doirasidagi "CHelsi" - PSJ uchrashuvini shu erda kuzatib borish mumkin.
ECHL, chorak final. Javob o'yini.

"CHelsi" - PSJ - 2:0 (1:0)

"Stemford Brij" stadioni.


Gollar:
SHyurrle (31), Ba (87).

"CHelsi":
CHex, Aspilikueta, Keyxill, Terri, Ivanovich, Luis, Lempard (Ba 66'), Azar (SHyurrle 17'), Oskar (Torres 81'), Villian, Eto'O.

PSJ:
Sirigu, Aleks, Jalle, Silva, Maksvell, Motta, Verratti (Kabay 55), Matyuidi, Lukas (Markinos 85'), Kavani, Lavessi (Pastore 77').
 
Ogohlantirishlar:
Villian (24), Verratti (27), Kavani (40), Lempard (41), Lukas (52), Ivanovich (56), Maksvell (79), Luis (82).



                             MATNLI TRANSLYACIYA
                                        YANGILASH



Ajoyib futbol oqshomini siz bilan o'tkazganimdan mamnunman. Ushbu o'yinni siz uchun Abror Qodirov sharhlab bordi. Etibor uchun tashakkur. Bye!

1979 yilda mashxur ingliz guruhi Madness o'zining One Step Beyond nomli albomini taqdim etgandi. Ayni vaqtda CHelsi futbolchilari maydon bo'ylab o'sha qo'shiqqa raqs tushmoqda. Eshitish va shu qo'shiqqa raqs tushishni barchangizga tavsiya etaman. Hatto PSJga muhlislik qilgan bo'lsangiz ham! 

Drammatik o'yin! Bu CHelsi tarixidagi yana bir buyuk g'alabalardan biri! O'yinni ko'rmaganlar, onlaynni kuzatmaganlar ko'p narsa yo'qotganini qo'rqmay aytaman.

Tamom! CHELSI YARIM FINALDA! HA!


91. ZARBAAAAAA! PSJning hujumi Markinoz! CHEEEEX! Tankchi bugun o'ta ishonli!

90. Joze "The Special One" Mourino shu vaqtgacha  hech qachon Evrokuboklar chorak finalida mag'lub bo'lib, musobaqani tark etmagandi. U yana bu bosqichdan o'tyapti.

89. PSJ o'z imkoniyatlaridan foydalanmadi. Hali ham foydalana olmaslik ishida barqaror ular. Xususan Kavani.

85. Ha, Mourino provokator. Ha uning harakteri, o'zini tutishi ko'pchilikka yoqmaydi. Ha u shunaqa. Lekin murabbiy sifatida kuchli mutaxassis! Uning qarorlari o'yinni, uning taqdirini butkul o'zgartirib yuboryapti.

84. Fantastika! Bu - futbol, do'stlar! Bu Mourino! Bu CHelsi!

84. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL!! DEM BABABABABABABABABABABABABABA!

83. Hujumchilar soni raqibda ko'payib ketganini ko'rgan Loran Blan zudlik bilan muvozanatni tikladi. Yarim himoyachi Mouraning o'rniga himoyachi Markinos tushirildi. 

81. Torres PSJ jarima maydoni ichida ikkita futbolchini aldab, uchinchisida to'xtadi. Uchinchisini aldasa, to'rtinchisi to'xtatardi. Butun jamoa shu erda edi parijliklarda.

80. Luis ham sariq kartochkadan quruq qolmasin. Nimaga hammaga berib, menga berishmadi deb hafa bo'lmasin.  qo'li bilan tortib qoldi raqib futbolkasidan. 

78. Oskar o'rniga Torres. "Va bank"

77. CHelsi gol urishi shart. O'tkazishga haqqi yo'q. PSJni hisob qanoatlantiradi. Lekin zta qaltis hammasi. Hammasi birgina zarba bilan ostin ustun bo'lib ketishi mumkin.

75. Kavani hozir hammasini hal qilib qo'ya qolishi mumkin edi. Yaxshi ochildi. nga to'p ham chiroyli tarzda etkazib berildi. Biroq u yana to'pni tribunaga yo'lladi. Biror tanishi o'tiribdi u erda?

74. Maksvelning zarbasii! Pastore to'pni Kavaniga uzatgandi. Kelin Maksvellga kelib utshdi. Uning zarbasi biroz noaniq, biroz kuchsiz zarba berdi. Himoyachiligi esiga tushib qolgandir balki...

71. O'tgan o'yin qahramoni Pastore maydonda. Lavezzi o'rniga.

70. KAVANNII! Uzun uzatma bilan uni qulay vaziyatga chiqarib yuborishdi. Sakragant to'pga kuchli zarb berdi. Yuqoriroq.

68. SHyurlee! Bugun u o'yin qahramoni bo'lishga ahd qilgan shekilli. Yana bir aniq zarba. Sirigu amalladi.

67. Jamoalar huddi standart vaziyatlar soni bo'yicha musobaqalashayotgandek go'yo. Dam unisi, dam bunisi... 

66. Frenk Lempard maydonni tark etidi. Uning o'rniga Demba Ba. Hujumchilar soni ko'paytirdi. Tushunarli. CHelsi Gol urishi shart.  Ortga yo'l yo'q.

65. Ketma-ket ikki bor London jamoasi jarima to'pini amalga oshirdi. ikkisi ham qaytarildi.

64. CHelsi butun jamoa bo'lib raqib maydoniga o'tib olgan. Tinimsiz hujumlar... Yana bir burchak to'pi tepadi hozir ular.

60.  Jon Terrida kichik jarohat. Qadam bosishga qiynalyapti. Agar u ham muddatidan ilgari almashtirilishi kerak bo'lib qolsa...  qiyin bo'ladi inglizlarga. 

57. PSJ burchak to'pini amalga oshirdi. Kavani boshi bilan yo'llagan zarba noaniq ketdi.

56. Aytgancha, o'zi o'yin o'ynavorsak ham bo'larkan "Navbatdagi sariq kartochka kimga berilishini top", degan.

55. CHEEEEX! Ajoyib seyv jarima zarbasidan keyin. Oh CHex, ox tankist!

53. Navbatdagi sariq kartochka. Branislav Ivanovichga bu safar. Raqib chap qanotdan hujum uyushtirganida to'p o'rniga oyoqni tepgani uchun.

52. "O'z uyingda devorlar ham halal beradi". (s) CHelsi.

50. Yana bir jarima to'pi tepdi londonliklar. Yana bir marta to'singa tegdi to'p. Endi Oskarning zarbasidan keyin!

49. Ba-baax! SHyurlee! U tepgan to'p darvoza to'siniga tekkanda chiqqan ovoz Toshkentgacha eshitildi.


48. Lukas Moura degan yigit chiroyli yiqilarkan. "I can fly" degan qo'shiq bo'lardi. "Ishonaman, ucha olaman", deb tarjima qilinadi-da a?)

46. CHelsi navbatdagi, bilmam nechanchi jarima to'pini amalga oshirdi. Umuman xafli chiqmadi. Hammasi okey.

Parijlik mehmonlar ikkinchi bo'lib oldidan Tiagu "Zorro" Silva atrofida to'planib, bir narsalarni gaplashib olishdi va o'z joylarini egallashdi. Ikkinchi bo'lim!

Birinchi bo'lim yakunlandi.
Haddan tashqari tez o'tib ketdi. YO faqat menga shunday tuyuldimi?

45. PSJ va CHelsi galma-galdan standart vaziyatlar amalga shirish bilan ovora. Qoida deganiyam buzilaveyapti-buzilaveryapti. Jang bo'lishi kutilgandi avvaldan.

43. CHelsi katta tezlikda qarshi hujum uyushtirganda, undan kam bo'lmagan tezlikda shu hujumni yakunladi. Parijlik himoyachilar to'xtatdi ulardi.

42. O-ho, bu endi kulgili emas. Lempardga ham kartochka. unikining ham rangi sariq.

40. Kavani erkin zarba bilan to'pni o'yinga kiritish uchun Luizga halal berdi va sariq kartochka bilan siyladi. Aytdim-ku hakam saxiy ekan deb.

37. Eto'O va "Zorro" niqobini taqib maydonga tushgan Silva to'qnashib ketishdi. Kamerunlik Samuel sakrab braziliyalik himoyachining oyog'iga tushdi. Tiagu oqsayapti.  

34. Lempard yana jarima to'pini amalga oshirdi. To'pni sheriklariga yo'lladi. Biroq Na Keyxill va na Luis aniq zarba yo'llay oldi.

32. E-xe, endi SHyurle penalti ham ishlagisi keldi. Hakam uning yiqilishida penaltiga tortarli hech nima ko'rmadi.

31. Azar o'rniga maydonga tushirilgan SHyurle CHelsining o'ng qanotdan uyushtirgan hujumini aniq zarba bilan yakunlab qo'ydi.

30. GOOOOOOOOOOOOOOOOL
! SHYURLEE!

28. David Luis uzooq-uzooqlardan zarba yo'lladi. To'p Sirigugacha etib borgunicha o'z kuchini yo'qotdi. Darvozabonga qiyinchilik tug'dirmadi. Luis sal hafa bo'ldi.

27. Lempart jarima to'pini amalga oshirdi. Xavfliiii! Sirigu qutqardi. Ajoyib zarba. CHiroyli seyv!

26. Oskarga qarshi qo'pollik bu safar. Marko Verattiga ham sariq. Hakam xotamitoy ekan.

25. Kavani jonli devorni poyladi. Hisob esa o'sha-o'sha.

24. Jarima to'pi. 24 metrdan.

23. Villianga sariq kartochka. Jingalaksoch o'z "zemlyagm" Lukas Mourani yiqitdi. Tanish-bilishchilik qilib o'tiradigan vaqtmas hozir. Tushunamiz.

20. Umuman olganda, etakchini yo'qotilishi PSJga ham begona emas. Ularda Zlatan yo'q. Bu esa CHelsi uchun Azarning yo'otilishidan ham yomonroq holat bo'lsa kerak.

19. Sport TV sharhlovchilari ham mening savolimga javob bera olishmadi. Azarsiz davom etadi o'yin. Azartsiz emas. Axir bu CHempionlar Ligasi.

18. Iyi, birinchi bo'limdayoq CHelsida o'yincha almayyapti! Azar o'rniga SHyurle tushirildi. Edenga nima qildi? 

12. Oyoyoy! Sirigu, nimalar qilyapsan? Himoyachi unga to'p uzatganidan ruxlanib ketgan darvozabon o'z texnikasini namoyish etib qo'ygisi keldi. Sal qolsa Samuel uni jazolardi. 

09. CHelsidan ilk xavli xujuuum! Oskar qanotda bir necha futbolchini  chalg'itib, to'pni jarima maydoniga yo'lladi. U erda haqiqiy yoshi nechchida ekanini o'zi ham aniq bilishi shubhali bo'lgan Eto'O aniq zarba yo'llay olmadi.

05. Lempard xavfli nuqtadan jarima to'pini amalga oshirdi. O'zi zarba yo'llasa ancha muvaffqiyatli chiqqan bo'larmidi... sheriklariga uzatilgan to'p, sheriklari tomonidan kuzatildi, PSJ himoyachilari tomonidan esa xato tuzatildi. Davom etamiz.

03. Loran Blan - Mourino. Hozircha ularning asabiylashishi uchun, havotirlanishi uchun sabab yo'q. Lekin bu vaqtinchalik holat.

01. O'yin boshlandi! let's go!

- Klaviaturasini televizori qarshisiga joylashtirib olib, ushbu o'yinni siz uchun sharhlab borishga qaror qilgan esa, kamina - Abror Qodirov. Xayrli oqshom. Boshladik!

- Inglizlar va francuzlar o'rtasida o'z vaqtida 100 yildan ortiqroq davom etgan janglar bo'li o'tgan. O'sha yuz yillik urush tugadi deb hisoblaganlar adashayotganini malum qilamiz. Yana ringda ikki mamlakat vakillari. Ko'k burchakda - CHelsi, qizil-oq-siyohrang burchakda PSJ.

- Uyqu? Hozirdan? Yo'q, faqat bugunmas! Evropaning klublar o'rtasidagi eng nufuzli turnirining yarim finalchilarini aniqlash vaqti etgan pallada, boshqasi kutib turadi. Dam olish, bir chetda dam olib, payt poylaydi.

- O'yin soat 23:45da boshlanadi.
- Bu jamoalar o'rtasidagi birinchi o'yinda PSJ 3:1 hisobida zafar quchgandi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика