"CHelsi" Potterni istefoga chiqarmaydi
09 jan 2023 17:47
Yangiliklar
"CHelsi" Potterni istefoga chiqarmaydi
"CHelsi" bosh murabbiyi Grem Potter jamoaning qayd etayotgan yomon natijalariga qaramay, London klubida ishlashda davom etadi.
Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "CHelsi" rahbariyati Potterning murabbiylik fazilatlariga ishonch bildirmoqda. Qayd etilishicha, ishga joylashish vaqtida murabbiy unga vaqt berilishini kafolatlashni talab qilgan.
Potter 2022 yil sentyabrida Tomas Tuxeldan keyin "CHelsi" bosh murabbiyi lavozimini egallagandi.
Angliya Kubogi 1/32 finali doirasidagi o'yinda "CHelsi" "Manchester Siti"dan mag'lub bo'ldi (0:4) va turnirdan chiqib ketdi. "Ko'k-anorranglilar" 25 ochko bilan APL turnir jadvalida 10-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar