"CHelsi" Osimxen uchun 170 mln evro taklif qilishga tayyor
29 sen 2023 15:35
Yangiliklar
"CHelsi" Osimxen uchun 170 mln evro taklif qilishga tayyor
Bu haqda "Todofichajes" xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, "CHelsi" qishki transfer oynasida hujum chizig'ini kuchaytirishni o'ylab, 24 yoshli nigeriyalik futbolchini safiga qo'shib olmoqchi. Qayd etilishicha, London jamoasi rahbariyati futbolchi uchun taxminan 170 million evro taklif qilishga tayyor.
Oldinroq Osimxenning "Napoli"ni tark etishi mumkinligi malum bo'lgandi. Neapolliklar o'zlarining ijtimoiy tarmoqlarida forvard haqidagi hajviy videoni joylashtirganidan so'ng tomonlar o'rtasida mojaro kelib chiqqan.
Eslatib o'tamiz, Osimxen "Napoli"da 2020 yildan buyon o'ynab kelmoqda. U klub safida jami 108 ta o'yin o'tkazib, 63 ta gol urgan va 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchi o'tgan mavsum klubga Italiya chempioni bo'lishga yordam berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar