"CHelsi" Nkunkuni yanvar oyida sotib olmoqchi
19 okt 2022 21:50
Yangiliklar
"CHelsi" Nkunkuni yanvar oyida sotib olmoqchi
London klubi qishki transfer oynasida "Leypcig" azosi Kristofer Nkunkuni sotib olishga urinib ko'radi.
24 yoshli futbolchi bir qator top-klublar, jumladan, "Manchester Yunayted", "Real" va "Bavariya" klublarining qiziqishini uyg'otdi. Ammo manbalarning xabar berishicha, "ko'klar" franciyalik o'yinchini bir necha hafta oldin Frankfurtda "CHelsi" ortopedi ishtirokida tibbiy ko'rikdan o'tkazgan.
Nkunkuning shartnomasida 2023 yil yozida kuchga kiradigan 60 mln evro miqdordagi tovon puli borligi aytilmoqda. Biroq "Stemford Brij" egalari bundan avvalroq uni o'ziniki qilish uchun ko'proq to'lashiga to'g'ri keladi.
Kristofer Nkunku ushbu mavsum turli musobaqalarda 16 ta o'yinda maydonga tushdi va 10 ta gol urib, 1 ta assist qayd etdi. Futbolchining ayni paytdagi bahosi 80 mln evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar