"CHelsi" himoyachisiga APLning to'rt klubi qiziqish bildirmoqda
27 iyu 2022 19:54
Yangiliklar
"CHelsi" himoyachisiga APLning to'rt klubi qiziqish bildirmoqda
"CHelsi" tarbiyalanuvchisi Levi Kolvill birdaniga Angliya Premer-ligasining to'rtta klubi qiziqish doirasiga kirdi.
Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, "Lester", "Nottingem Forest", "Everton" va "Nyukasl" ingliz futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Kolvill o'tgan mavsumni "Xaddersfild"da ijara asosida o'tkazdi va jamoaga CHempionship pley-off finaliga chiqishga yordam berdi, ushbu bosqichda esa ingliz futbolchisi avtogol muallifi bo'ldi va "Nottingem Forest"ga yuqori divizionga qaytishga imkoniyat yaratdi.
"CHelsi" Kolvill bilan xayrlashishga shoshilmayapti. Klub bosh murabbiyi Tomas Tuxel mavsumoldi tayyorgarlikdan so'ng futbolchining kelajagi borasida bir qarorga keladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar