"CHelsi" "Barselona"ga taklif jo'natadi
07 avg 2022 14:37
Yangiliklar
"CHelsi" "Barselona"ga taklif jo'natadi
London klubi vakillari "Barselona" bilan 25 yoshli futbolchining transferi borasida suhbatlashgan. So'nggi bir necha hafta davomida "Barselona" bilan aloqada bo'lib turgan "CHelsi" barcha ishni bir yo'la hal qilmoqchi.
Biroq "CHelsi" faqatgina futbolchi rozilik bergandagina "Barselona"ga taklif jo'natmoqchi. CHunki ular futbolchining o'zi istamasa, muzokaralarga kuch sarflamoqchi emas. Rafinya hamda Jyul Kundening transfer ishi o'xshamagandan keyin "CHelsi" yana bir zarba qabul qilib olishni istamayapti.
Oldinroq "Manchester Yunayted" taklifiga rad javobini bergan Frenki esa "Barselona" bilan shartnomasini oxirigacha etkazib qo'yishni istamoqda. Uning klub bilan kelishuvi yana 4 mavsum amal qiladi.
Ayni damda Frenki uchun MYU o'yindan chiqqan va "CHelsi" uni tarkibiga qo'shib olishni istayotgan yagona davogar bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar