"CHelsi" "Barselona"ga Kurtuani sotib olishni taklif qildi
04 may 2016 12:45
Yangiliklar
"CHelsi" "Barselona"ga Kurtuani sotib olishni taklif qildi
"CHelsi" rahbariyati ispan grandi "Barselona"ga darvozabon Tibo Kurtuani 63 mln. evro evaziga sotib olishni taklif qildi.
Ispaniyaning Mundo Deportivo nashri tarqatgan malumotlarga ko'ra, Kurtua kelasi mavsumda CHempionlar ligasida o'ynamoqchi. "CHelsi" ayni APL turnir jadvalining 10-o'rnini egallab turibdi va kuchli to'rtlikka kirish imkoniyatidan ayrilgan.
Ko'klarning yangi ustozi Antonio Konte esa Tiboni asosiy posbon sifatida ko'rmayapti va Freyzer Forster hamda Jek Batlendlarga qiziqish bildirmoqda.
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter SHtegen ham Primeroda o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgani uchun Kataloniya klubini tark etmoqchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar