"CHelsi" Andey Santosni "Palmeyras"ga ijaraga berdi
18 fev 2023 14:30
Yangiliklar
"CHelsi" Andey Santosni "Palmeyras"ga ijaraga berdi
London klubi futbolchisi Andey Santosni ijara asosida Braziliyaga jo'natib yubordi.
Qishki transferlar oynasi davomida "Vasko da Gama"dan "CHelsi"ga kelib qo'shilgan Santos Braziliyaning "Palmeyras" klubiga ijara shartnomasi asosida berib yuborildi. Ushbu bitim 2023 yilning dekabr oyigacha amal qiladi, shuningdek, "ko'klar" iyun oyida 1,5 mln evro evaziga shartnomani bekor qila oladi.
Avvalroq 18 yoshli yarim himoyachi Angliyada ishlash uchun ruxsatnoma olmagani malum qilingandi.
2022 yilda Santos Braziliya B Seriyasida 33 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 9 bor sariq qartochka bilan ogohlantirildi. U Braziliya U-20 termasida 4 ta o'yinda 2 ta to'p kiritdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar