So’nggi yangiliklar

07:30Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ чемпионликни қўлга киритган мусобақанинг тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛEРEЯ  0 07:13CAFA Nations Cup-2025. Ўзбекистон - Эрон 1:0  1 02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  7 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  35 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  4 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  57 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  115 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1031 20:32Шавкат Мирзиёев Жанни Инфантинога “Дўстлик” орденини топширди  17 20:26Португалиялик мураббий Озарбайжон терма жамоаси бош мураббийлигидан кетди  11 19:52CAFA Nations Cup турнирида сенсация! Ҳиндистон пенальтилар сериясига кўра Ўмондан устун келиб, 3-ўринни қўлга киритди!  16 19:13Гвардиола Абдуқодир Хусанов учун янги режа ишлаб чиқди  11 18:32ЎФА раҳбарияти Ўзбекистон МТЖга таклиф этишни хоҳламаган мураббий "Байер"ни бошқаради  11 18:04Амирҳуссайн Ҳуссайнзода: "Ҳакамлар Ўзбекистон фойдасига қарор қабул қилмоқда"  21

Championat.asia sayti o'quvchilari talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi darvozaboni aniqlandi Yangiliklar

Championat.asia sayti o'quvchilari talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi darvozaboni aniqlandi

Kecha saytimizga 2019 yil O'zbekistonning eng yaxshi darvozabonini aniqlash borasida so'rovnoma joylagan edik.

14 mingga yaqin o'quvchi ishtirok etgan so'rovnomada "Nasaf" posboni Abduvohid Nematov 15 foiz ovoz bilan uchinchi o'rinni egalladi. 2001 yilda tug'ilgan posbon 2019 yil Superligada debyut qildi va bu mavsum maydonga tushgan eng yosh darvozabonga aylandi. Nematov 17ta o'yinda maydonga tushdi va 18ta gol o'tkazib yubordi. 4ta uchrashuvda raqiblar u qo'riqlagan darvozaga gol ura olishmadi. Hakamlar mavsum davomida Nematov darvozasi tomon ikkita penalti belgilashdi. Etiborlisi ikkala penaltini ham Abduvohid qaytarishga muvaffaq bo'ldi.


Ikkinchi o'rinni esa "Paxtakor" bilan chempionlikka erishgan Eldorbek Suyunov egalladi. Unga 19 foiz o'quvchimiz ovoz bergan. Mavsum avvalini jarohat tufayli o'tkazib yuborgan Suyunov Superligada 11ta uchrashuvda "sherlar" darvozasini qo'riqladi va atigi 3ta gol o'tkazib yubordi. Suyunov 8ta o'yinda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolishga erishdi.


"Navbahor" posboni O'tkir Yusupov Championat.asia sayti o'quvchilari talqiniga ko'ra O'zbekistonda 2019 yilning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. Unga so'rovnomada ishtirok etganlarning 23 foizi ovoz berdi. Yusupov bu mavsum Superligada 24ta o'yinda maydonga tushdi va bu borada etakchiga aylandi. "Lochinlar" posboni jami 19ta gol o'tkazib yubordi va 8ta uchrashuvda o'z darvozasidan umuman to'p olib chiqqani yo'q. O'tkir chempionat davomida 5ta penaltidan ikkitasini qaytarishga erishdi va bu borada Nematov bilan birga eng yaxshi natija qayd etdi.



 

So'rovnomada ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz. Navbatdagi so'rovnomalarimizni kuting. 

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика