So’nggi yangiliklar

13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   10 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  4 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  11 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  5 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  11 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  23

"CA" talqiniga ko'ra yilning eng yaxshilari taqdirlandi Yangiliklar

"CA" talqiniga ko'ra yilning eng yaxshilari taqdirlandi

Qiziqarli kurashlarga boy bo'lgan oliy liga o'yinlari ham o'z poyoniga etdi. Mana endi jo'jalarimizni ham sanaymiz.
Championat.asia sayti O'zbekiston ommaviy axborot vositalari ichida birinchilardan bo'lib, “yilning eng yaxshilari”ni aniqlashga qaror qildi.
Bilasiz, Evropada, “Marka”, “Franc Futbol” va “Sport Ekspress” kabi etakchi gazetalar yil davomida o'z o'yinlari bilan ajralib turgan futbolchilarni turli yo'nalishda taqdirlab boradilar.

Oliy liganing eng yaxshilari bilan tanishib olishingiz mumkin.Sayt xodimlari va o'quvchilari tomonidan to'plangan ovoz yakunlariga ko'ra, 9ta yo'nalishda eng yaxshilar aniqlandi.


Quyida barcha g'oliblar bilan tanishib oling:



Yilning eng yaxshi yosh o'yinchisi Doston Hamdamovga diplomni Grigoriy Ceytlin topshirdi.




Bahrom Hakimov yilning eng yaxshi darvozaboni sovrinini Aleksandr Lobanovga topshirdi.




Asror Aliqulov yilning eng yaxshi himoyachisi SHuhrat Muhammadievni taqdirladi




"Buxoro"ning yangi ustozi Aleksandr Mochinov yilning eng yaxshi yarim himoyachisi Sardor Rashidovga diplom topshirdi


Yilning eng yaxshi hujumchisi deb "Mashal" vakili Zohir Qo'ziboev tan olindi. Biroq futbolchi tadbirga tashrif buyura olmadi.




Yilning eng yaxshi legioneri Artur Gevorkyanning sovrini "Nasaf" klubi matbuot kotibi Aziz Nuriy qabul qilib oldi




Mavsumning kashfiyoti Aleksandr Merzlyakovni "CA" rahbari Nodirxo'ja Yuldashev taqdirladi



 
Yilning eng yaxshi murabbiyi Samvel Babayanning diplomi "Paxtakor" klubi sport direktori Grigoriy Ceytlin qabul qilib oldi. Unga sovrinni Madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o'rinbosari Murod Aliev topshirdi.




Yilning eng yaxshi futbolchisi Jamshid Iskanderovga sovrinni MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov topshirdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика