So’nggi yangiliklar

10:41Люпчо Дориев "Пахтакор"га қарши ўйин, голсиз серияси ва нега 14-рақамни ёқтириши ҳақида гапирди  0 10:18Превью. Мусобақа етакчиси чемпионат аутсайдерига қарши баҳсида ким ғолиб бўлади?  1 09:47Аморим "Спортинг"даги шогирдини МЮга олиб келмоқчи  2 09:23Превью. Абрамовнинг "Динамо"си Қосимовнинг ОКМКсини меҳмон қилади  9 08:56Слот кечаги ғалабдан сўнг нималар деди?  7 08:28Превью. "Навбаҳор" биринчи даврадаги мағлубият учун "Нефтчи"дан реванш оладими?  12 07:57Суперлига. Бугун бизни ажойиб ўйинлар кутиб турибди  5 07:30Расман. "Ал Насср" яна бир юлдузни ўз сафига қўшиб олди  10 07:05Суперлига. "Пахтакор" "Сўғдиёна" жамоасини ишончли ҳисобда мағлуб этди, Алижонов эса шедевр гол урди  0 02:50Иброҳим Ибрагимов: "Сўғдиёна"нинг нозик томонларини ўрганиб чиққандик"  6 02:15Францияда ҳам чемпионат старт олди  0 01:57АПЛ старт олди: "Ливерпуль" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади  34 01:33Башар Ресан: "Бу ғалабали йўлни "Андижон"га қарши ўйинда ҳам давом эттирмоқчимиз"  5 01:20"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Ноттингем"га ўтиши мумкин  0 01:00"Ал Ҳилол" қачон Қаршига келади? "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги тақвими маълум  8

"CA" PFLning yubiley - 10-mavsumiga tayyorlanadi! Yangiliklar

"CA" PFLning yubiley - 10-mavsumiga tayyorlanadi!

Teglar :  PFLOliy liga10 yil
OFK talabiga binoan 2008 yilda yangi tashkil topgan O'zbekiston professional futbol ligasi bu yil o'zining 10 mavsumini o'tkazadi.

3 mart kuni PFL chempionatining o'ninchi mavsumiga start beriladi. 2017 yilda oliy liga o'yinlarini avvalgilardan farqli tarzda yoritishga va uni qiziqarli ko'rinish olishini taminlashga harakat qilamiz.

Turning eng yaxshi o'yinchilari qatorida "Kuchli beshlik"da bo'lgani kabi "Oyning eng yaxshi futbolchisi" va murabbiysini aniqlab boramiz. Bu so'rovnoma adolatli bo'lishi uchun xuddi "Do'ppi" sovrinida bo'lgani kabi oliy liga murabbiylari va sardorlari ovoz berish huquqiga ega bo'ladilar. SHuningdek, "Championat.asia", "Olamsport.com" va sayt o'quvchilarining umumiy ovozi bitta qilingan holda yakuniy so'rovda ishtirok etadi.

SHuningdek, har oyning eng faol muxlislar klubini ham aniqlab boramiz. Bunda ko'proq o'sha klub muxlislarining saytdagi xulqiga katta etibor qaratamiz.

Matbuot kotiblarining ish unumini oshirish maqsadida, "Yilning eng yaxshi matbuot kotibi"ga JCH-2018 yo'llanmasini taqdim etish asosiy rejamiz.

"Facebook"dagi ijtimoiy tarmog'imizda oliy ligada o'z o'rniga ega bo'lgan mutaxassis va futbolchilar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri efir uyushtiramiz.

Kelinglar, birgalikda yangi mavsumni yuqori kayfiyatda qarshi olamiz. Yomonni, yomon deyaversa hech qachon yaxshi bo'lmaydi. Yaxshilik haqida o'ylagan holda yangi mavsumga tayyorgarlik ko'ramiz.

PFL chempionlari
1. 2008 - "Bunyodkor"
2. 2009 - "Bunyodkor"
3. 2010 - "Bunyodkor"
4. 2011 - "Bunyodkor"
5. 2012 - "Paxtakor"
6. 2013 - "Bunyodkor"
7. 2014 - "Paxtakor"
8. 2015 - "Paxtakor"
9. 2016 - "Lokomotiv"
10. 2017 - ...

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика