So’nggi yangiliklar

13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  2 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  0 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  3 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  1 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  5 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  3 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  2 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  3 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  1 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  7

Buxorolik muxlislarning O'FF va PFLga murojaati Yangiliklar

Buxorolik muxlislarning O'FF va PFLga murojaati

Teglar :  BuxoroOliy liga
Oliy liganing 21-turida bo'lib o'tgan "Buxoro" - "Dinamo" o'yinidan keyin buxorolik muxlislar O'FF va PFLga murojaat qilishdi.

Malumki, ushbu bahsda hisob ochilmadi - 0:0. Qolaversa, o'yinni boshqarib borgan navoiylik hakam Rustam Bobomurodov nazoratchi tomonidan ikki bahoga (4,0 ball) loyiq ko'rildi. Bizga malum bo'lishicha, Bobomurodov "Dinamo" darvozasi tomon yaqqol penaltini qo'ymagan. 

SHundan so'ng buxorolik muxlislar O'FF va PFLga murojaat qilishni lozim topib, quyidagi murojjatnomani O'FF va PFLdagilarga etkazib qo'yishimizni so'rashdi.  

"Buxorolik futbolchi va muxlislar ko'zida yosh bo'lishining kimga keragi bor?"

Butun dunyoda futbol muxlislar uchun o'ynaladi. Muxlislar uchun hamma erda sharoit qilinadi, hatto o'yinlar taqvimi ham ishqibozlar taklifini inobatga olib tuziladi. Lekin O'FF va PFL rahbariyatiga muxlislar fikrining umuman qizig'i yo'q. O'FF va PFL rahbariyati muxlislar stadionga kelmasligi uchun hamma ishni qilishdi. 

Poytaxtdagi har bir o'yinga o'rtacha mingta tomoshabin keladi. Lekin Buxorodagi o'yinlarga kamida 16000-17000 muxlis tushadi. Va bu erda har bir o'yin xuddi bayramdek o'tadi. Biz "Buxoro" futbolchilari maydonga qanday ishtiyoq bilan chiqib kelishayotganini doim kuzatamiz. Hozir "Buxoro" jamoasi oliy liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Bizning futbolchilar va ko'p sonli muxlislar jamoamizning keyingi yil Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etishini juda-juda xohlashadi. 

Lekin shunday odamlar borki, ular bizning yuqoriga ko'tarilishimizni ko'ra olishmayapti. Bular - hakamlar. Ushbu murojaatni yozishimizga sabab 21-turdan o'rin olgan "Buxoro" - "Dinamo" bahsini boshqargan Rustam Bobomurodovning hakamligi bo'ldi. Butun o'yin davomida u "asosiy rol"da o'ynadi. U behudaga hushtak chalaverishi oqibatida bizning jamoa o'z o'yinini ko'rsata olmadi. 

Bu hakam "Dinamo" darvozasi tomon ikkita yaqqol penaltini qo'ymadi. (O'sha vaziyatning fotosurati ham bor). Bizning fikrimizcha, bu hakam "Buxoro" turnir jadvalida yuqoriga ko'tarilishini istamayapti. Biz ko'rib turibmizki, jamoalar ikkinchi o'ringa chiqib olish uchun qanchalar mashaqqat chekayotganini. O'yindan keyin muxlislar ahvolini bir ko'rsangiz edi... Ishqibozlar o'zlarini arang bosib turishdi. Agar hamma quyushqondan chiqib ketganida bunga kim javob berardi? Taxminimizcha, futbol klub va Buxoro miliciyasi. 

Bizningcha, shu o'yinda Bobomurodov kimningdir"iltimosi"ni bajardi. Bu shundan dalolat beradiki, Bobomurodov bungacha bunaqa qo'pol xatolarga yo'l qo'ymagan. Biz tegishli tashkilotlardan "Buxoro" - "Dinamo" uchrashuvidagi hakamlikni o'rganib chiqib, aybdorlar jazolanishini talab qilamiz. O'FFning yangi rahbariyati bu borada bayonot berishi kerak. Biz O'zbekiston futbol federaciyasi va Professional futbol ligasidan ushbu murojjatnoma yuzasidan rasmiy javobni kutib qolamiz. 

"Buxoro" klubining 15 ming muxlisi nomidan 50 yillik stajga ega futbol ishqibozi Ostonov Po'lat Muhammadjonovich. 





Reyting: +74   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика