So’nggi yangiliklar

13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  0 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  1 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  1 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  11 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  27 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  7 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  0 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  2 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчи билан шартнома имзолаши мумкин  6 08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  8 08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  1

"Buxoro" – "Paxtakor" o'yini VAR hakami vaziyatga izoh berdi. Bosh hakam fikrini o'zgartirmadi Yangiliklar

"Buxoro" – "Paxtakor" o'yini VAR hakami vaziyatga izoh berdi. Bosh hakam fikrini o'zgartirmadi

Bugun O'FA anjumanlar zalida O'zFHM rahbariyati, hakamlar, nazoratchilar ishtirokida o'tgan o'yinlardagi vaziyatlar muhokamasi bo'lib o'tdi.

Kechadan buyon "Buxoro" – "Paxtakor" uchrashuvidagi belgilangan penalti diqqat markazida bo'lib turibdi. Mazkur uchrashuvda VAR hakami sifatida ishlagan Nayim Qosimov vaziyat bo'yicha fikrlarini bildirib o'tdi. 

- VAR hakami sifatida qaror chiqarishda 2 ta vaziyat muhim hisoblanadi. Birinchisi hakamning maydonda qabul qilgan qarori va uning sharhi. Men sharhda tanaga siqilgan qo'l, deb eshitdim. Birinchi ko'rayotgan tasvirim hakam berayotgan sharh bilan to'g'ri kelmayapti. To'p uchib kelayotgan masofa 25-30 metrni tashkil qilmoqda. O'yinchi to'p traektoriyasini ko'rib turibdi. To'p tekkani yo'q. 6-raqam chap qo'lini tanasiga yashirmoqda. O'ng qo'l bilan sodir bo'lgan holat etiborimni totdi – qo'l va tana o'rtasida bo'shliq bor. O'sha vaziyatda o'rtada to'p ko'rinyapti. To'p traektoriyasini olsak, tanaga tekkan to'p boshqa traektoriya bo'ladi. Ko'rinib turibdiki, to'p o'yinchini to'g'ri oldiga tushyapti. Kameralardan kelib chiqsak, bu qarorga kelish qiyin bo'ldi. Bungacha "Paxtakor"ning bitta goli VAR yordamida bekor qilingandi. Ruhiy taraflama og'ir edi. Men aralashmasam, ikkinchi qaror ham "Buxoro" foydasiga hal bo'lib qolardi. 

6-raqam qo'l bilan o'ynayotganida, 80-raqam hakamni yopib qo'ymoqda. Hakam to'liqligicha ko'ra olmagani uchun vaziyatni qarab chiqishni tavsiya qildim.

Ravshan Abduvohidov: "Bu vaziyatda qo'lni orasidan to'p ko'rindi. To'p harakati qo'ldan boshqa joyga tegishi mumkin emas. Ko'p hakamlar ko'rmay qolgan vaziyatini to'p traektoriyasiga qarab aniqlaydi. To'p qo'lga tegsa, pastga shunday tushadi. Hozir ham fikrim o'zgarmagan. Men bor kameradan maksimal ko'rishga harakat qildim. Darvoza ortida kamera bo'lmagan".


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика