So’nggi yangiliklar

13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  0 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  1 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  1 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  11 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  27 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  7 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  0 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  2 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчи билан шартнома имзолаши мумкин  6 08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  8 08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  1

“Buxoro” darvozasiga penalti noto'g'ri belgilandi. Ikkala hakam nomuayyan muddatga chetlatildi” – O'zFHM Yangiliklar

“Buxoro” darvozasiga penalti noto'g'ri belgilandi. Ikkala hakam nomuayyan muddatga chetlatildi” – O'zFHM

O'zbekiston futbol hakamlari markazi "Buxoro" – "Paxtakor" uchrashuvidagi bahsli penalti yuzasidan o'z qarorini chiqardi.

"Biroz avval o'z nihoyasiga etgan Coca Cola Superligasi 23-turi doirasidagi "Buxoro" – "Paxtakor" bahsining 90+5-daqiqasida yuzaga kelgan bahsli vaziyatdan so'ng uchrashuv VAR hakamlari bosh hakam Ravshan Abduvohidovni monitor yoniga chaqirdi va takrorlarni ko'rib chiqishga chorladi. SHundan so'ng bosh hakam 11 metrli jarima zarbasi belgiladi.

Natijada, o'yin taqdirini hal qilgan ushbu vaziyat bo'yicha Ekspert-hakamlar komissiyasining favqulodda yig'ilishi tashkil qilindi va mutaxassislarning umumiy xulosasi olindi. Quyida ushbu xulosa va qarorni etiboringizga havola etamiz.

Mazkur vaziyatda video assistentlar bosh hakamni VAR protokoliga ko'ra noto'g'ri chaqirdi. Aslida bunday vaziyatga VAR aralashishi kerak emasdi. Bundan tashqari, videotakrorlarda qoidabuzarlikni aniq qayd etish uchun etarli dalillar bo'lmagani bois, ekspertlar bir ovozdan penaltining ham noto'g'ri belgilanganini qayd etishdi.

Natijada, bosh hakam Ravshan Abduvohidov va VAR hakami Nayim Qosimovning VAR licenziyalari qaytarib olindi. Ularning ishi O'FA futbol faoliyatini nazorat qilish bo'yicha maxsus inspekciyasiga oshirildi. SHuningdek, ikkala hakam ham nomuayyan muddatga hakamlikdan chetlatildi", -deyiladi O'zbekiston futbol hakamlari markazi bergan bayonotda.

Superliga. CHeran "Paxtakor"ga Buxoroda g'alaba keltirdi, hakam 90+5-daqiqada mezbonlar darvozasiga penalti belgiladi

Ulug'bek Bakaev: "SHaxsiy fikrimcha, penalti yo'q edi. To'p futbolchining qaeriga tekkani kameralarda ko'rinmagandi"  

Reyting: -119   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика