So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

"Buxoro" 10 nafar yangi futbolchini tanishtirdi FOTO Yangiliklar

"Buxoro" 10 nafar yangi futbolchini tanishtirdi FOTO

Teglar :  BuxoroTanishtiruv
Bugun "Buxoro" klubi yangi futbolchilarini tanishtirdi.

Tanishtiruv marosimi  Buxoro viloyat musiqali drama teatrida tashkil etildi. Marosimda 10 nafar yangi futbolchi tanishtirildi.

Ushbu tadbirda dastlab Buxoro  viloyat hokimi, viloyat futbol federaciyasi raisi Barnoev O'ktam Isoevich so'zga chiqib,  avvalo muhtaram yurtboshimiz SHavkat Mirziyoev rahnamoliklarida yurtimizda sportni, jumladan, futbolni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan hayotbaxsh islohotlar soha vakillari uchun muhim dastur bo'lib xizmat qilayotganini takidlab o'tdi va yig'ilganlarga qarata “Buxoro” klubi 2018 yil, yangi mavsumda  jamoa chempionlik uchun kurashashini aytib o'tdi.

Undan so'ng jamoa bosh  murabbiyi Ulug'bek Baqoev so'z olib, mavsumga tayyorgarlik jarayonlari haqida yig'ilganlarga so'zlab berdi. So'ngra qolganlar ham so'zga chiqib yaxshi tilaklarni bildirib tanishtiruv marosimini ochib berishdi.

SHundan keyin jamoa safiga kelib qo'shilgan yangi futbolchilar: Sergey Ruseckiy, Arslanmurat Amanov, Marko Klisura, Asilbek Amonov, Aziz Ibragimov, Rahmatullo Berdimurodov, SHahboz Erkinov, SHavkat Salomov, SHavkat Mullajonov, Bahodir Nasimov keng ommaga rasman tanishtirildi va ularga tantanali ravishda  ismlari tushirilgan futbolkalar topshirildi.

Yig'ilgan barcha  ularni birday yaxshi kutib olishdi. Tanishtiruv marosimidan so'ng muxlislar va faxriylarga klub tomonidan sovg'alar tarqatildi. Marosim viloyat sanat ustalarining koncert dasturlari bilan ko'tarinki kayfiyatda davom etdi. Zaldagi zavqona shukuh barchani birdek quvontirdi.

Reyting: +65   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика