Burak Yilmaz 37 yoshida butsalarini mixga ildi
06 iyu 2023 15:51
Yangiliklar
Burak Yilmaz 37 yoshida butsalarini mixga ildi
"Fortuna Sittard" hujumchisi Burak Yilmaz professional futboldagi faoliyatini yakunlaganini elon qildi.
37 yoshli turkiyalik 2022 yilning yozida Niderlandiya klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. U klubda ikki yil futbolchi sifatida, keyingi uch yilni esa murabbiy sifatida o'tkazishi kerak edi.
Yilmaz avvalroq "Antalyaspor", "Beshiktosh", "Fenerbaxche", "Galatasaroy", "Trabzonspor", "Lill" va boshqa klublarda o'ynagan. Ikki marta Turkiya chempioni, 5 marta Turkiya Kubogi sohibi bo'lgan. "Lill" bilan 2020/21 yilgi mavsumda Liga 1'da g'olib chiqqan va klub tarkibida mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
U Turkiya terma jamoasi tarkibida 77 ta o'yin o'tkazib, 31 ta gol urgan. Bu jamoa tarixida Hoqon SHukurdan (51 ta) keyingi ikkinchi natija hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar