So’nggi yangiliklar

01:01АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 0:0 (матнли трансляция)  1 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  17 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:56"Реал" — "Эльче". Таркиблар маълум  2 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  0 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  2 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2 21:58"ФарДУ" назорат ўйинида жавобсиз еттита тўп киритди  1 21:32Бундеслига. "Бавария" тўққиз киши бўлиб "Байер" билан дуранг ўйнади, "Боруссия Дортмунд" эса ишончли ғалабага эришди  14 20:40Райан Шерки: "Дунёнинг энг яхши футболчиси бўлишни истайман. Агар "Олтин тўп"ни қўлга киритсам..."  2 20:05Ислом Исмоилов: "Финалда тактикадан кўра футболчиларнинг характери юқори планга чиқади" (тўлиқ матбуот анжумани)  20 19:45ОПЛ. "Сабаҳ" бу сафар рақибига жавобсиз 5 та гол урди  0

"Bunyodkor"ning italiyalik tahlilchisi: "Kannavaro – rivojlanish uchun ulkan imkoniyat" Yangiliklar

"Bunyodkor"ning italiyalik tahlilchisi: "Kannavaro – rivojlanish uchun ulkan imkoniyat"

"Bunyodkor" klubi o'yin tahlilchisi Karlo Alberto Bertone Gianlucadimarzio.com sayti muxbirlariga O'zbekiston futboli va Kannavaroning yangi murabbiy etib tayinlanishi haqidagi fikrlarini bayon qildi.

“Biroz toliqqanman, lekin bu erda bo'lganimdan chinakam xursandman”, – deya kulimsiraydi Bertone. Buni tushunish qiyin emas: O'zbekiston Superligasi yakuniga etmoqda, “Bunyodkor” esa jadvalning o'rta qismida – oltinchi o'rinda. Ammo mamlakatning asosiy etibori bitta narsaga – tarixda ilk bor jahon chempionatiga yo'l olish baxtiga muyassar bo'lgan terma jamoaga qaratilgan. Bu natija iyun oyida BAAga qarshi durang orqali qo'lga kiritilgandi. 

1994 yil tavallud topgan, asli turinlik bo'lgan va Italiya D Seriyasidagi bir necha yillik tajribasidan so'ng Osiyoga kelgan Bertonening so'zlariga ko'ra, mazkur muvaffaqiyat tasodif emas: "Milliy terma jamoa oldinga katta qadam tashladi, ularni kuzatish juda qiziqarli bo'ladi. O'zbekiston yaqinda jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgandan tashqari, CAFA, yani Markaziy Osiyo kubogini ham qo'lga kiritdi. Bu mamlakatning futbolda porloq kelajagi bor, hatto yosh terma jamoalar ham eng yuqori darajada. Katta ishtiyoq mavjud, muhit jonlanib boryapti".

Bunday muhim pallada O'zbekiston futbol associaciyasining bosh murabbiy lavozimiga Fabio Kannavaroni tayinlashi muhim ahamiyatga ega: "Menimcha, bu tayinlov barcha uchun katta imkoniyat sanaladi, sababi terma jamoaga yuqori istedod va tajribaga ega murabbiy kelmoqda. Uning o'tmishi va nufuzini hammamiz bilamiz. Bunday shaxsning O'zbekistonda ishlashi mamlakat uchun ham sharaf". 

Bertonening fikricha, "Guanchjou" va "Udineze" klublarining sobiq murabbiyi O'zbekiston futboli uchun muhim rol o'ynashi mumkin: "Ishonchim komilki, bu futbol rivojiga turtki bo'ladi, yanada ko'proq qiziqish uyg'otadi. Italyan sifatida men unga va O'zbekistonga chin dildan omad tilayman. 

Yangi bosh murabbiy terma jamoada Eldor Shomurodov va Abduqodir Husanov kabi yulduzlar bilan ish olib boradi — ular Evropa klublarida, jumladan “Seriya A” va “Manchester Siti”da to'p tepishgan. Ammo jahon chempionatida hayratda qoldirishga tayyor boshqa istedodlar ham bor: "Bunyodkor"dagi dastlabki oylarimda hozirda Eronning "Traktor" jamoasida o'ynayotgan Odil Hamrobekov bilan ishlash imkoniyatiga ega bo'ldim. U terma jamoada ham muntazam asosiy tarkibda o'ynaydigan muhim futbolchi sanaladi. Shuningdek, Abbosbek Fayzullaev ham yoqadi – tezkor, yuqori mahoratli va ‘birga-bir’ vaziyatlarda ajoyib. Yoshlar orasida ham juda ko'p iqtidorlar bor".

Bertone: "Zeytullaev katta murabbiyga aylanishi mumkin"

“Bunyodkor”da Bertone jamoa bosh murabbiyi, sobiq futbolchi Ilyos Zeytullaev bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Zeytullaev o'tmishda “Yuventus”, “Jenoa” va “Verona”da to'p tepgan: "U ijobiy shaxsiyatga ega va jamoani boshqarishda ajoyib qobiliyatga ega. Menimcha, biz haqiqatan ham ajoyib ish olib boryapmiz va jamoa o'zining kuchli xususiyatlarini namoyon etmoqda. Bu erda ham zamonaviy va Evropa uslubidagi ustunlik va shiddatli futbolni o'ynash mumkinligini isbotladik. 

Menimcha, u kelajakda Italiyada ham murabbiy sifatida katta yutuqlarga erishishi mumkin. Unda buyuk murabbiy bo'lish uchun barcha zarur xislatlar mavjud".

"Italiya D Seriyasidan O'zbekistonga? Ikkilanmadim"

Bertonening yo'li o'zgacha – Italiyaning “Kanikatti”, “Vastojirardi” va “Sasso Markoni” jamoalarida ishlagandan keyin to'g'ridan-to'g'ri O'zbekistonga kelgan. Bu qaror uning hayotdagi tanlovi bo'lgan:

"Zeytullaev men bilan Rojdestvo bayramidan sal oldin bog'landi. U maydon tashqarisida ham yordam bera oladigan o'yin tahlilchisini qidirayotgan edi. Men bunday ishni Italiyada ham ko'p bajarganman.

O'zbekistonga 6 yanvarda kelganman va taklif kelgan paytdan boshlab hech qanday shubham bo'lmagan. Bu sarguzashtdan juda xursandman, chunki men nafaqat o'z imkoniyatlarimni kengaytirdim, balki bu muhitda qola olishimni isbotladim. Barchasidan mamnunman". 

Endi esa bu erda 2006 yilgi jahon chempioni bo'lgan terma jamoa sardori Fabio Kannavaro ish boshladi:

"Kannavaroga omad tilayman, O'zbekistondagi italiyalik sifatida unga ikki karra ko'proq muvaffaqiyat tilayman. 

Maqsadim – rivojlanishda davom etish, yangi tajribalardan o'rganish va dunyoga O'zbekiston futbolining yangi qiyofasini ko'rsatish". 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика