So’nggi yangiliklar

09:24Кунде: "Рекордни янгиламоқчиман"  0 08:57"Ювентус" Артурни ижарага беради  0 08:27Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 08:00Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" 1:2  0 07:56Суперлига. Бугун бизни яна иккита учрашув кутиб турибди  9 07:35Суперлига. "Нефтчи" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Бухоро" – "Қўқон-1912" баҳсида эса ўйин тақдирини битта гол ҳал қилди  1 07:30Расман. "Ювентус" футболчиси АПЛга кўчиб ўтди  0 01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  0 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  1 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  68 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  1

“Bunyodkor”ning 18 nafar futbolchisi terma jamoalarga chaqirildi Yangiliklar

“Bunyodkor”ning 18 nafar futbolchisi terma jamoalarga chaqirildi

Oliy liga 2-tur uchrashuvlaridan keyin turli yoshdagi terma jamoalarimiz yig'inga kirishadilar.
Terma jamoalar markazi bir vaqtning o'zida "Bunyodkor"ning 18 nafar futbolchisini turli yoshdagi terma jamoalarimizga taklif etib, telegramma yubordi.

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi 23 martdan 2 aprelga qadar yig'in tashkil etgan. 11 kunlik ushbu tayyorgarlik davomida Janubiy Koreya va Yaponiyaga qarshi mehmonda o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etiladi. Bu yig'inga “Bunyodkor”ning olti nafar futbolchisi jalb etilgan.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi o'z yig'inini allaqachon boshlab yuborgan. Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi jamoa 18 martdan 2 aprelga qadar yig'in tashkil etadi. Olimpiyachilarimiz ushbu yig'in doirasida 27-31 mart kunlari Bangladesh mamlakatida o'tkaziladigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash turnirida ishtirok etishadi. Bu jamoaga “qaldirg'ochlar”ning uch nafar futbolchisi chaqirilgan.

“Bunyodkor”ning eng ko'p – to'qqiz nafar futbolchisi Ravshan Haydarov boshchiligidagi yoshlar terma jamoasidan chaqiruv olgan. Joriy yilda Yangi Zelanldiya mamlakatida bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan bu yosh toifasidagi terma jamoamiz 22 mart 6 aprel oralig'ida umumiy hisobda 15 kunlik yig'in tashkil etgan. Ravshan Haydarov shogirdlari ushbu yig'inning bir qismini Portugaliya mamlakatida o'tkazishadi.

Quyida terma jamoalardan chaqiruv olgan “Bunyodkor” futbolchilari bilan tanishishingiz mumkin.

O'zbekiston milliy terma jamoasi
1.Akbar To'raev – darvozabon
2.Abdukarim Muhammedov – darvozabon
3.Akmal SHorahmedov – himoyachi
4.Artyom Filiposyan – himoyachi
5.Sardor Rashidov – yarim himoyachi
6.Vohid SHodiev – hujumchi

O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi
1.Akramjon Komilov – himoyachi
2.Sardor Sobirxo'jaev – yarim himoyachi
3.Temur Ayupov – hujumchi

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi
1.Ergash Ismoilov – himoyachi
2.Rustamjon Ashurmatov – himoyachi
3.Xurshid G'iyosov – himoyachi
4.Mirjamol Qosimov – yarim himoyachi
5.Otabek SHukurov – yarim himoyachi
6.Sardor Azimov – yarim himoyachi
7. Dostonbek Hamdamov – yarim himoyachi
8.Zabixillo O'rinboev – hujumchi
9.Eldor SHomurodov – hujumchi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика