So’nggi yangiliklar

15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  0 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  3 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  23 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  2

"Bunyodkor"da suv va elektr energiyasi nomalum muddatga o'chirildi, maysalar quriy boshlayapti Yangiliklar

"Bunyodkor"da suv va elektr energiyasi nomalum muddatga o'chirildi, maysalar quriy boshlayapti

Teglar :  Bunyodkor
Malumotlarimizga ko'ra ikki kun avval "Milliy" (hujjatda hamon "Bunyodkor") stadioni suv va elektr taminotidan uzib qo'yilgan.

Yozning issiq kunida qilingan bu ish oqibatida stadionning bosh maydoni va yana zaxiradagi 4ta tabiiy maydon jiddiy jabr chekayapti. Stadion xodimlarining malum qilishlaricha, qarz 100 mln so'mni tashkil etadi. Bu issiqda 1 kun suv ichmagan maysa jiddiy jabr ko'radi, agar suv va elektr energiyasi masalasi hal bo'lmasa maysalarga keltirilgan zarar qiymati bir necha yuz millionni tashkil etadi.

Suvsiz asosiy va qo'shimcha maydonlar chimini asrash va parvarishlashning imkoni yo'q. 



SHu bilan bir qatorda ademiyada istiqomat qilayotgan bolalar jiddiy noqulayliklarga duch kelayapti. Ovqat esa o'choqda pishirilgan. Suv yo'qligi, millat ko'rki bo'lgan stadionning ichki holatini emirilishiga sabab bo'ladi.

Qolaversa, barcha stadionlarda bo'lib o'tayotgan mashg'ulotlardan so'ng echinish xonalarining yopiqligi tufayli atrofdan qo'lansa hidlar tarqalayapti.

Afsuski, O'FA va "Bunyodkor" klubi o'rtasida bo'lib o'tayotgan stadion mash-mashasidan obekt jabr chekmoqda. Buzishdan osoni yo'q, qurish esa juda qiyin!

SHundoq ham chimi yomon stadion shu ketishda katta talofatga uchrashi mumkin...



Reyting: -467   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика