So’nggi yangiliklar

16:52"Одатда майдон ўзига келиши учун 6-8 ҳафта керак бўлади. Билим бўлмаса, бир зумда майдонни "ўлдириб қўйиш" мумкин" — агроном  0 16:32Суперлига. "Қизилқум" – "Бухоро". Превью  0 16:16Концертдан кейинги "Бунёдкор"  9 16:04Суперлига. 18-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  3 15:50Арда Гюлер Женнифер Лопезнинг концертига ташриф буюрди, Антуан Гризманн касбини ўзгартиради. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  8 15:30Суперлига. "Хоразм" – "Сурхон". Превью  1 15:07"Қизилқум" собиқ футболчиси Сербия клубига қайтди  0 14:40"Челси" асосий ҳимоячиси машғулот вақтида жароҳат орттириб олди  4 14:12Россия октябрь ойида Эрон терма жамоаси билан ўйнайди  1 13:42"Тоттенхэм" асосий ярим ҳимоячисини узоқ вақтга йўқотди  0 13:14Расман: "Реал" собиқ ҳужумчиси "Алавес"га ўтди  0 12:45Жоан Гарсия — Марк-Андре тер Штеген даврига якун ясаб бериши кутилаётган дарвозабон билан яқинроқдан танишамиз  1 12:21Расман: Томас Парти "Вильярреал" футболчисига айланди  0 11:53Модрич "Реал"га қайтиши мумкин  2 11:25Бахтсиз ҳодисада омон қолган Майкл Антонио "Вест Хэм"ни тарк этди  0

“Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari Bolgariyadagi turnirda g'olib chiqishdi Yangiliklar

“Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari Bolgariyadagi turnirda g'olib chiqishdi

Avval xabar berib o'tganimizdek, Bolgariyada bolalar va o'smirlar o'rtasida yirik xalqaro turnir o'tkazilmoqda.

Bolgariyaning Byala va Obzor shaharlarida o'tayotgan musobaqada “Bunyodkor” futbol maktabining 2006 va 2008 yillarda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlashib, yarim finalga yo'llanma olishgandi.

Akmal Risqullaev boshchiligidagi 2006 yilda tavallud topgan “Bunyodkor-A” jamoasi Moldaviyaning “Dachiya” klubini 6:2 hisobida mag'lubiyatga uchratishib, final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Abdumalik Rahimov boshqaruvidagi “Bunyodkor-B” vakillari esa Rossiyaning “Dmitrovgrad 1947” futbol maktabi tarbiyalanuvchilaridan 3:1 hisobida ustun keldi.

SHu tariqa, hal qiluvchi final bahsida “Bunyodkor-2006”ning ikkala jamoasi o'zaro bellashdi. Unda Akmal Risqullaev boshchiligidagi “Bunyodkor-A” 4:2 hisobida g'alaba qozonib, musobaqa g'olibligini qo'lga kiritdi.

2008 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasidagi turnirda 6ta jamoa bir-birlari bilan o'zaro o'yin o'tkazib, yakunda eng ko'p ochko jamg'argan jamoa g'oliblikni qo'lga kiritishi turnir nizomida belgilab qo'yilgandi. Unga ko'ra, Abdujabbor Marufaliev va Furqat Samegov boshchiligidagi tarbiyalanuvchilarimiz ikkinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика