So’nggi yangiliklar

01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  0 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  0 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  2 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  5 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  17 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   4 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2

“Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari 292ta jamoa qatnashayotgan turnirni yirik g'alaba bilan boshladi Yangiliklar

“Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari 292ta jamoa qatnashayotgan turnirni yirik g'alaba bilan boshladi

Teglar :  Bunyodkor
Avval xabar berib o'tganimizdek, Toshkentning “Bunyodkor” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari Xitoydagi turnirga jo'nab ketishgandi.

Xitoyning SHenyan shahrida dunyoning deyarli barcha qitalaridan tashrif buyurgan jami 292ta jamoa ishtirok etadigan turnirda “Bunyodkor” futbol maktabining 2002 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari ishtirok etishmoqda.

Vakillarimiz “Gothia Cup 2017” musobaqasidagi ilk uchrashuvini Pokistonning “Mehran” futbol maktabi tarbiyalanuvchilariga qarshi o'tkazishib, yirik 10:0 hisobida zafar quchishdi. Jamoamiz gollariga – Jasur Jaloliddinov (5ta), Otabek Jo'raqo'ziev (2ta), Diyorbek Raximqulov, Farruhbek Muxtorov va Ikrom Erkinov mualliflik qilishdi.

Murabbiylarimiz pokistonliklarga qarshi bahsda quyidagi futbolchilarni maydonga tushirishdi: Qodirov (Xarin), Abdurashidxo'jaev , Ubaydullaev (Azamov), Abdulbekov (Ashiraliev), Sodiqov (Bondarenko), Raximqulov, Sattorov, Bo'riev (S; SHaripov), Erkinov (Muxtorov), Jo'raqo'ziev (Mirzasalimov), Jaloliddinov

“Bunyodkor-2002” turnirning ikkinchi turida Yaponiyaning “Puebla” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari bilan kuch sinashishadi. Bu uchrashuv 15 avgust kuni bo'lib o'tadi.

“Gothia Cup 2017” turniri haqida batafsil malumotni musobaqaning rasmiy VEB-SAHIFASI orqali olishingiz mumkin.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика