So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  1 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  2 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

“Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tgan O'zbekiston Kubogi final o'yiniga O'FF qanday bayonot berdi? Yangiliklar

“Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tgan O'zbekiston Kubogi final o'yiniga O'FF qanday bayonot berdi?

SHu yilning 4 dekabr kuni poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida “Bunyodkor” va “Lokomotiv” jamoalari o'rtasida O'zbekiston Kubogi finali bo'lib o'tdi.

Uchrashuv paytida 34 ming muxlisga mo'ljallangan “Bunyodkor” stadioni ishqibozlar bilan to'lib-toshdi. Bu holat yurtimizda o'zbek futboliga muxlislar tomonidan bo'lgan qiziqishning yana oshayotganidan darak beradi.

Ilk bora O'zbekiston Kubogi finali oldidan o'ziga xos shou uyushtirilib, stadionga yig'ilgan muxlislar uchun O'zbekiston Futbol Federaciyasi tomonidan haqiqiy bayram tashkil etildi.

SHou-dasturda o'zbek estradasining taniqli vakillari – SHahzoda, Rayhon, “Ummon”, “Benom”, SHahriyor, Ruxshona kabi estrada yulduzlarining ishtiroki uchrashuv oldidan muxlislarga ko'tarinki kayfiyat baxsh etdi. O'z o'rnida  O'zbekiston Futbol Federaciyasi shou dasturini tashkil etishda ko'rsatgan amaliy yordami uchun O'zbekiston Madaniyat vazirligiga o'z minnatdorchiligini bildiradi.

SHu yilning 25 noyabr kuni Yaponiyaning Saytama shahrida OCHL finali bo'lib o'tgan va bu final uchrashuvini PFL bosh direktori Omon G'ofurov bevosita stadiondan kuzatib borgan edi. Omon G'ofurov OCHL finali kabi nufuzli musobaqalarni tashkil etish tajribasini o'rganib, bu tajribani yurtimizda ham qo'llash maqsadida O'zbekiston Kubogi finalini katta shou tariqasida o'tkazishga qaror qilindi.

Muxlislarni stadionda xursand qilish maqsadida O'zbekiston Futbol Federaciyasi tomonidan koptok va sharflar sovg'a tariqasida tarqatildi. Muxlislarning emociyalarga berilib, o'yin yakuniga etganidan so'ng “Lokomotiv” klubi futbolchilarini tabriklash maqsadida maydonga chiqib ketishi kabi vaziyatlar futboli rivojlangan davlatlarda ham uchrab turadigan holat hisoblanadi.

Final uchrashuvini OFK prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa bevosita stadiondan kuzatib bordi.  OFK Prezidenti murosasiz kechgan final o'yinidan katta taassurot olganini takidlab, malakatimizda muxlislarning futbolga bo'lgan qiziqishi yuqori ekanini qayd etib o'tdi.

O'zbekiston Futbol Federaciyasi kelasi mavsumdagi uchrashuvlarni ham ko'tarinki kayfiyatda, haqiqiy bayram tarzida o'tkazib, futbol muxlislarini xursand qilish yo'lidagi say-harakatlarini davom ettiradi.

Muxlislarni esa stadionlarga chorlab qolamiz!

Reyting: +54   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика