"Bunyodkor" stadioni ishchilariga 6 oylik maosh to'lab berildi
06 iyu 2018 12:53
Yangiliklar
"Bunyodkor" stadioni ishchilariga 6 oylik maosh to'lab berildi
Hozirda "Milliy" stadion deb yuritilayotgan "Bunyodkor" stadioni ishchilari olti oydan beri maosh olishmagani haqida xabar chiqqandi.
Bugun "Bunyodkor" futbol klubi bosh homiysi "UzTransGaz" kompaniyasi stadion barcha ishchi-xodimlarining olti oylik maoshini to'liq to'lab berdi. Bu haqda bizga "Bunyodkor" PFK bosh direktori Murod Aliev malum qildi.
Murod Boqievichning aytishicha, stadion yillik smetasi alohida tuzilgan bo'lib, tasdiqdan o'tgan hamda bundan buyon ishchilarga oylik maoshlari o'z vaqtida berilishiga harakat qilinadi.
Malumot uchun, "Milliy" (avvalgi "Bunyodkor") stadioni mamuriyati klubdan tashqari alohida direkciya hisoblanadi hamda stadion direktori sifatida Vohid Zokirov faoliyat yuritib kelmoqda.
Fikrlar