"Bunyodkor" rahbariyati jamoa muxlislari bilan gaplashib oldi
01 may 2022 15:34
Yangiliklar
"Bunyodkor" rahbariyati jamoa muxlislari bilan gaplashib oldi
Uchrashuv oxirida "Bunyodkor" ishqibozlari joylashgan sektor bosh murabbiy SHuhrat Maqsudovning istefosini so'rab, uning o'rnini yordamchi murabbiy Viktor Karpenko egallashini talab qildi. Biroz avval "qaldirg'ochlar"ning muxlislar klubi etakchisi SHovkat Imomov saytimiz vakili F.Ro'ziev bilan bog'lanib, holat haqida tushuntirish berdi.
"Bugun "Bunyodkor"ga joni achiydigan muxlislar va jamoa rahbariyati o'rtasida suhbat tashkil qilindi. Biz kelishib oldik. Muxlislar keyingi bahslarda jamoani qo'llab-quvvatlashda davom etadi. Bosh murabbiy masalasini esa rahbariyatning o'zi ko'rib chiqadi.
Fursatdan foydalanib, kecha bizni yolg'izlatib qo'ymagan respublikadagi barcha klublarning faol muxlislariga minnatdorchilik bildiraman. Barchaga Ramazon hayiti muborak bo'lsin! Ilohim, barchamiz kelgusi mundiallarda terma jamoamizni birgalikda qo'llab-quvvatlaylik", — deydi Imomov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar