“Bunyodkor” o'zbekistonliklarga omad keltirgan stadionda shug'ullandi
29 mar 2014 19:31
Yangiliklar


“Bunyodkor” o'zbekistonliklarga omad keltirgan stadionda shug'ullandi
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi “Fulad”ga qarshi bahs oldidan Tehronda mashg'ulot o'tkazdi.
Etiborlisi, “qaldirg'ochlar”ning mashg'uloti o'zbekistonlik futbol muxlislariga juda yaxshi tanish bo'lib ulgurgan “SHahid Dastgerdi” stadionida bo'lib o'tdi. Esingizda bo'lsa, ushbu stadion 2012 yilgi o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati finaliga mezbonlik qilgan va bu arenada O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi azolari bosh sovringa ega chiqishgandi.
“Bunyodkor”ning bir soat davom etgan mashg'ulotida jamoamiz bilan Eronga etib kelgan barcha futbolchilar ishtirok etishdi. Jamoaning kayfiyati jangavor.
Bahodir MIRZAEV
Tehron, Eron
“Bunyodkor”ning bir soat davom etgan mashg'ulotida jamoamiz bilan Eronga etib kelgan barcha futbolchilar ishtirok etishdi. Jamoaning kayfiyati jangavor.
Bahodir MIRZAEV
Tehron, Eron

Fikrlar