So’nggi yangiliklar

14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  0 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  3 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   17 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  6 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  19 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  1 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  7 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3

“Bunyodkor” – “Olmaliq”. VIDEO prevyu Yangiliklar

“Bunyodkor” – “Olmaliq”. VIDEO prevyu

CHempionatning ikki peshqadami “Bunyodkor” va “Olmaliq” jamoalari oliy liga 3-turi doirasida kuch sinashishadi.

Ushbu uchrashuv jamoalarning o'zaro hisobdagi o'n uchinchi to'qnashuvi sifatida qayd etiladi. Bungacha o'tkazilgan o'n ikki uchrashuvning to'qqiztasida “qaldirg'ochlar”ning qo'llari baland kelgan bo'lsa, ikki uchrashuv olmaliqliklarning g'alabasi bilan yakun topgan. Yana bitta bahsda jangavor durang qayd etilgan. To'plar farqi – 26:12, “Bunyodkor” foydasiga.

O'zaro o'yinlar to'purari Anvarjon Soliev hisoblanadi. Ushbu hujumchi olmaliqlarga qarshi sakkiz uchrashuvda maydonga tushib, raqibni etti bor “hafa” qilgan.

Eslatib o'tamiz, oliy liga-2014 3-turi doirasidagi "Bunyodkor" - "Olmaliq" uchrashuvi bugun "JAR" stadionida soat 17:00da boshlanadi.

“Bunyodkor” mezbonligida o'tgan uchrashuvlarning barchasida toshkentliklar g'alaba qozonishgan. Quyidagi qaydnomalardan ko'chirmalarda “Bunyodkor” maydonida o'tgan uchrashuvlar keltirilgan.

BUNYODKOR - OLMALIQ - 1:0 (0:0)
18.10.2008. 24-tur. Toshkent. MHSK stadioni. 5217 tomoshabin
Bosh hakam: Rustam Saidov - 9,6
Gol: Soliev 81

BUNYODKOR – OLMALIQ 3:1 (3:0)
25.04.2009. 7-tur. Toshkent. “Jar” stadioni. 6725 tomoshabin
Bosh hakam: Vladislav Ceytlin – 9,2
Gollar: Ramos 17 (1:0), Soliev 24 (2:0), Soliev 29 (3:0), Fomenko 48 (3:1)

BUNYODKOR – OLMALIQ 1:0 (0:0)
14.08.2010. 16-tur. Toshkent. “JAR” stadioni. 3223 tomoshabin
Bosh hakam: Viktor Serazitdinov – 9,1
Gol: Rahimov 56

BUNYODKOR – OLMALIQ 4:1 (2:0)
19.05.2011. 9-tur. Toshkent. "Jar" stadioni. 3110 tomoshabin
Bosh hakam: Igor Xudoydotov – 8,4
Gollar: Soliev 12 (1:0), G'ofurov 43 (2:0), Trifunovich 47 (3:0), Trifunovich 58 (4:0), Mamazulunov 66 (4:1)

BUNYODKOR – OLMALIQ 2:0 (2:0)
11.05.2012. 8-tur. Toshkent. "Jar" stadioni. 432 tomoshabin
Bosh hakam: Marat Ismoilov
Gollar: Kozak 16 (1:0), Salomov 38 (2:0)

BUNYODKOR – OLMALIQ 4:1 (2:1)
18.10.2013. 3-tur. Toshkent. “Paxtakor” markaziy stadioni. 1112 tomoshabin
Bosh hakam: Valentin Kovalenko
Gollar: Zoteev 1 (1:0), Abibullaev 11 (1:1), Pishur 25 (2:1), Berdiev 68 (3:1), Berdiev 80 (3:1)

Ushbu videohavolada “Bunyodkor” va “Olmaliq” jamoalarining Toshkentda o'tgan uchrashuvlarida kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin.


TAS-IX emas

 

TAS-IX hududi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика