So’nggi yangiliklar

13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  2 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   12 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  4 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  18 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  1 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  7 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  13

“Bunyodkor” – “Olmaliq” bahsi oldidan. Xayrulla Xoliqov: “Qosimovsiz o'tadigan o'yin” Yangiliklar

“Bunyodkor” – “Olmaliq” bahsi oldidan. Xayrulla Xoliqov: “Qosimovsiz o'tadigan o'yin”

Bugun bo'lib o'tadigan “Bunyodkor” – “Olmaliq” uchrashuvi bilan oliy liganing 3-turiga start beriladi.
Bu turdan o'rin olgan boshqa o'yinlar shanbaga qo'yilgan. “Bunyodkor” va “Olmaliq” o'rtasidagi o'yin turnir jadvali peshqadamlari o'rtasidagi to'qnashuv hisoblanadi.

Ayni paytda har ikkala jamoa hisobida 6 ochkodan mavjud. “Olmaliq” avvalgi ikki turni o'z maydonida o'tkazib, “Metallurg” (3:2) va “So'g'diyona” (4:2) ustidan g'alaba qozondi. Demak, bugungi bahs jamoaning joriy chempionatdagi ilk safari bo'ladi.

“Bunyodkor” esa o'z maydonida “Qizilqum”ni 2:1, safarda “Mashal”ni 2:0 hisobida mag'lub etdi va shu tariqa 6 ochko jamg'ardi. Faqat to'plar nisbatiga bo'yicha “Olmaliq” turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi.

Bugungi bellashuvni “Bunyodkor” bosh murabbiy Mirjalol Qosimovsiz o'tkazadi. CHunki Qosimov milliy terma jamoa ustozi sifatida Avstraliyaga ketgandi va bizga malum bo'lishicha, murabbiy u erdan to'g'ri Eronga yo'l oladi. CHunki “Bunyodkor” OCHLning keyingi turini safarda “Fulad”ga qarshi o'tkazadi.

“Olmaliq” avvalgi ikki o'yinda 7ta gol urib, o'z darvozasidan 4ta to'p o'tkazib yubordi. Bu esa jamoaning himoyasida muammolar borligini ko'rsatmoqda. Qolaversa, darvozabon Maqsatmurot SHomurodov ham bir qator xatolarga yo'l qo'yyapti. Katta ehtimol bilan bugun mehmonlar darvozasini Umid Xonimqulov qo'riqlasa kerak. “Olmaliq”ning avvalgi ikki o'yinida gol urgan futbolchilar: SHerzod Hakimov (3ta), Dilyaver Abibullaev (2ta), Diyor Turopov va Obid Jo'raboev.

“Bunyodkor” esa avvalgi ikki uchrashuvda 4ta to'p kiritib, o'z darvozasidan bitta gol o'tkazdi. SHunda ham jamoa 1-turda penaltidan gol o'tkazdi. “Qizilqum” yarim himoyachisi Eldor Boymatov 11 metrlik zarbadan unumli foydalandi. “Bunyodkor” safida shu paytgacha Vohid SHodiev 2ta, Anvar Berdiev bilan Dilshod Jo'raev bittadan to'p kiritishdi.

Albatta, ko'pchilik uchun “qaldirg'ochlar”ning bosh murabbiy Mirjalol Qosimovsiz qanday o'yin namoyish etishi qiziq bo'lsa kerak. Bundan tashqari, SHkvirin boshchiligidagi jamoa ham jiddiy qarshilik ko'rsatishi turgan gap. Yana ikki kundan so'ng “Paxtakor” o'z maydonida to'p surishini inobatga olsak, bugungi bahs “Jar”ga ko'chirilgan. Soat 17:00da boshlanadigan o'yinni Vladislav Ceytlin boshqarib boradi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика