So’nggi yangiliklar

16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  0 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  1 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  22 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  2 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  20 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  5 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  4 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  8 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  9 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  16

"Bunyodkor" - "Olimpik". Stadion to'ladimi? Yangiliklar

"Bunyodkor" - "Olimpik". Stadion to'ladimi?

Bugun Toshkentda futbol kuni.

Bir tomondan FIFA prezidenti Janni Infantinoning tashrifi, ikkinchi tomondan qizib borayotgan Superligada 9-turning bezagiga aylanishi kutilayotgan "Bunyodkor" - "Olimpik" uchrashuvi. 

Bunyodkor

Jasur Hakimov - 71'

Superliga. 9-tur

06/05/2023, 18:30

1
:
1
Tugadi

Olimpik

Otabek Jo'raqo'ziev - 5'

45'
90'
43'  Doniyor Abdumannopov
46'  Rasul Yo'ldoshev (Jasur Hakimov)
46'  Muzaffar Olimjonov (Mahmud Mahamadzhonov)
71'  Jasur Hakimov
71'  Igor Ivanovich
72'  Akbar Ismatullayev (Amir To'raqulov)
77'  Igor Ivanovich (Umidbek Sultonov)
79'  Aleksey Nosko
86'  Doniyor Abdumannopov (Viktor Sotnikov)
5'  Otabek Jo'raqo'ziev
5'  Temur Mamasidiqov
31'  Farrux Muxtorov
62'  Farrux Muxtorov (Muhammadaziz Ibrohimov)
62'  Ruslanbek Jiyanov (Alisher Odilov)
65'  ZHasur ZHaloliddinov (Muhammadali G'iyosov)
78'  Temur Mamasidiqov (Ahmadillo Muqumjonov)
78'  Otabek Jo'raqo'ziev (Mustafo Abdumannopov)

O'zaro o'yinlar 

Jamoalar o'tgan mavsumda tarixda ilk bor Superliga doirasida to'qnash kelishdi. Birinchi davrada kechgan uchrashuvda aynan "Bunyodkor" stadionida Timur Kapadze shogirdlari "qaldirg'ochlar"ning qanotini qayirishni uddasidan chiqqan edi (5:1). Superliga debyutantidan dastlabki tarsakidan so'ng o'shanda "Bunyodkor" ketma-ket 7ta uchrashuvda g'alaba qozonmagan edi. Ikkinchi davradagi o'yin esa Boshkovich boshqaruviga to'g'ri kelgan va unda tomonlar murosa ko'chasini tanlagan (1:1). 

Uyda yuta olmayotgan "Bunyodkor"

"Bunyodkor" bu mavsumni asosan safarda o'tkazmoqda va mehmonda kerakli natijaga erishyapti. Murod Otajonov "komanda"si 7ta turdan 5tasini mehmonda o'tkazdi va jami 12 ochko jamg'ardi, 4ta g'alaba va 1 mag'lubiyat, to'plar nisbati 9:3. Uyda esa aksi. "Turon" (0:0) va "Nasaf" (1:1) Toshkentdan ortga 1 ochko bilan qaytishdi. Jamoa "Bunyodkor" stadionida so'nggi bor 2022 yil 4-turda "Dinamo" bilan uchrashuvda g'alaba qozongan. Bunga ham 1 yildan oshdi. Ikkinchi davrani esa OKMK, "Lokomotiv", "Jar" stadionlarida nominal mezbon sifatida raqiblarini qabul qildi. 

"Olimpik". Asosiy muammo tepada 

Bu jamoa bamisoli dengiz to'lqiniga o'xshaydi. Bir tekisda yo'lida ketayotgani yo'q. Bir undoq, bir mundoq. Timur Kapadze jamoasida asosiy muammoni ikkinchi qavat bilan bog'lashimiz mumkin. "Nasaf", "Andijon" markaziy himoyachilarining joy tanlay olishi, pozicion to'g'ri harakat qilishi hisobiga ikkinchi qavatda "Olimpik"ni jazolashga urinishdi. Ko'ramiz, bugun "Bunyodkor" ham raqibining mazkur xatosidan foydalana olarmikin?

Stadion to'ladimi?

Agarda o'yinlar qiziqarli, tomoshabop bo'lsa muxlis shundoq ham stadionga tushadi. U-20 Osiyo kubogida ham avvalida biroz tushunmovchilik bo'ldi-yu, g'alabalar qo'lga kiritilavergani sari stadion o'z-o'zidan to'lishni boshladi. Terma jamoa, futbolchilar o'z o'yinlari, g'alabalari bilan odamlarni arenaga qaytara olishdi. Demak Toshkentda muxlis bor. Bugun nima bo'lar ekan, 18:30 arafasida guvohiga aylanamiz. Barchani "Bunyodkor"ga talkif qilib qolamiz. Jamoalar o'z o'yinlari bilan minglab insonlarni zeriktirmasligiga umid qilamiz. 

Stadionda ko'rishguncha!

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика