So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

“Bunyodkor” muxlislarni stadionga chorlaydi! Yangiliklar

“Bunyodkor” muxlislarni stadionga chorlaydi!

Teglar :  Bunyodkor
Yurtimizga bahor bilan birga katta futbol bayrami ham kirib keldi.

Mamlakatimizning 6ta stadionida O'zbekiston XXVII chempionati tantanali ravishda ochilishi belgilangan. Bu bilan yangi formatdagi Superliga o'yinlariga start beriladi. Jumladan, 3 mart kuni “Bunyodkor” stadionida yangi chempionatning tantanali ochilish marosimi rejalashtirilgan. Avvalo, muxlislar uchun barcha sharoitlar yaratilganini alohida takidlashni istar edik. CHiptalar narxi o'tgan yil bilan solishtirganda ikki barobar arzonlashtirilgan: markaziy tribunalarga chiptalar 8 ming so'mdan sotilmoqda. Stadion hududida engil tamaddi va ichimliklar savdosi yo'lga qo'yilgan. Oilaviy tashrif buyuruvchilar uchun alohida sektorlar ajratilgan.

Superliga 1-turi doirasida “Bunyodkor” Olmaliqning AGMK jamoasini qabul qiladi va mazkur uchrashuv soat 20:00da boshlanadi. Undan avval esa muxlislar O'zbekiston xalq artisti G'ulomjon Yoqubov hamda yoshlarning sevimli xonandasi Davron Ergashev ijrosidagi koncert dasturidan bahramand bo'lishlari mumkin. Tanaffusda esa “Omadli chipta sohibi” lotereyasi tashkil etiladi.

Biz barcha futbol muxlislarini zamonamizning eng ko'rkam sport inshooti – “Bunyodkor” stadioniga taklif etamiz! CHiptalar stadion kassalarida sotilmoqda.


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика