So’nggi yangiliklar

10:00Стивен Жеррард Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 09:32"Реал" Винисиусга нарх қўйди  2 09:07Лионель Месси: "Умид қиламанки, қачондир қайтаман"  1 08:41Италия МТЖ собиқ мураббийи "Ал Садд" бош мураббийи бўлади (Фабрицио Романо)  2 08:16Футзал. Бугун бронза учун майдонга тушамиз  0 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёнинг иккита жамоаси плей-оффда. Кечаги кун натижалари билан танишинг  1 07:18U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун бизни гуруҳдаги ҳал қилувчи учрашув кутиб турибди  12 01:19МЛС клублари лигага Неймар келишини хоҳлашмаяпти, улар бразилияликни "бош оғриғи" сифатида кўришмоқда  3 00:46Родриго “Реал”даги ролидан тобора норози бўлмоқда ва январда клубни тарк этиши мумкин  0 00:15Туркияда 1000 дан ортиқ футболчи қимор можароси сабабли четлатилди. Рўйхатда "Галатасарой" ва "Бешиктош" ўйинчилари ҳам бор  5 23:35Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" 1:0  0 23:24Ўзбекистон терма жамоасининг Дубайдаги машғулоти  2 22:57 8 та ўйиндан бери ғалаба қозона олмаётган "Аталанта" Юрични ишдан бўшатди  3 22:04Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг расмий машғулоти  5 21:15Февзи Давлетов: "Рустам Турдимуродов жамоада қоладими? Тўғриси, бу саволга жавоб бериш мен учун қийин"  11

"Bunyodkor" legioneri Pobulich: "Maqsadim – ko'plab golli uzatmalarim bilan g'alabalarga hissa qo'shish" Yangiliklar

"Bunyodkor" legioneri Pobulich: "Maqsadim – ko'plab golli uzatmalarim bilan g'alabalarga hissa qo'shish"

"Bunyodkor" yangi azosi Dmitriy Pobulich O'zbekistondagi ilk intervyusini klub matbuot xizmatiga taqdim etdi.

Marhamat, quyida intevryuni matnli ko'rinishda o'qib chiqishingiz mumkin.

- Jamoadagi ilk mashg'ulotingiz xususida nima deya olasiz?

- Jamoa yaxshi futbolchilardan iboratligi ko'rinib turibdi. Bu erda ekanligimdan xursandman. Mavsum start olishini intizorlik bilan kutyapman.

- O'zbekistonga kelgunga qadar Superliga hamda "Bunyodkor" haqida malumotga egamidingiz?

- Ha, albatta. O'zbekistonda juda ko'p do'stlarim "So'g'diyona" va "Navbahor" klublarida o'ynashgan. Ular "Bunyodkor" O'zbekistonning eng kuchli jamoalaridan biri ekanligini aytishdi. Bugun ko'rdimki, "qaldirg'ochlar"ga yaratib berilgan sharoit alo darajada. Klub eng yaxshi stadionga ega. Jamoa qarorgohida ham barcha sharoitlar yaratilgan. 

- Yangi mavsum uchun o'z oldingizga qanday maqsadlarni qo'ydingiz?

- Umid qilamanki, barchasi yaxshi bo'ladi. Asosiysi, jamoaning ko'rsatadigan natijasi. Maqsadim – ko'plab golli uzatmalarim bilan g'alabalarga hissa qo'shish. CHunki maydondagi poziciyam – hujumkor yarim himoya.

- "Bunyodkor"dan tashqari yana qaysi jamoalardan takliflar bo'lgan edi?

- Og'zaki takliflar bo'ldi, lekin faqat "Bunyodkor" aniq va jiddiy taklif bilan chiqdi. O'ylaymanki, ijobiy natijalarga erishamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика