So’nggi yangiliklar

15:54Ўзбекистон терма жамоаси собиқ етакчилари афсоналар турнирида қатнашади  0 15:32Нодир Элибоев: "Бизда янги давр бошланмоқда. Тажрибали ўйинчилар ўз ўрнини ёшларга бўшатиб бериши табиий ҳол"  0 15:15Конте: "Манчестер Сити"га қарши 10 киши билан ўйнашнинг иложи йўқ"  2 14:41Эрик Кантона Исроилни ФИФА ва УЕФАдан четлаштиришга чақирмоқда  5 14:14Кристенсен "Барселона"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  0 13:45Роналду паделга 5 миллион евро сармоя киритди  0 13:18"Қайрат"нинг 18 ёшли посбони Касильясни ортда қолдирди  0 12:50Моуринью "Бенфика" қароргоҳига қора Ferrari'да келди  2 12:22Симон Миньоле Чемпионлар Лигаси тарихига кирди  1 11:53Мессининг "Интер Майами"даги келажаги маълум  0 11:25Футзал бўйича Осиё Кубоги-2026 саралаш мусобақаси олдидан митинг бўлиб ўтди  0 10:52Мбаппе "Олтин тўп" топшириш маросимига бориши ҳақидаги саволга жавоб берди  14 10:28МЮ қишда Португалия термаси аъзосини сотиб олмоқчи  3 10:00Сергей Чигодаев: "Биринчи бўлимда футболчиларимиз бироз ҳаяжонланишди"  7 09:33Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  8

"Bunyodkor" katta murabbiyi Marat Miftaxutdinov: "Odatda klubga kelgan yangi insonlar yangilik qilishga intilishadi. Bizda esa sukunat" Yangiliklar

"Bunyodkor" katta murabbiyi Marat Miftaxutdinov: "Odatda klubga kelgan yangi insonlar yangilik qilishga intilishadi. Bizda esa sukunat"

"Bunyodkor" jamoasida muammolar kundan kunga ko'paysa ko'paymoqdaki, aslo bartaraf etilayotgani yo'q.

Kecha "Bunyodkor" va AGMK jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng futbolchi va murabbiylarning yuzidagi kayfiyatga qarab bo'lmas edi. Gap mag'lubiyatda emas, yo'qotilgan ochkoda ham emas, gap jamoadagi ichki muammolar haqida.

Saytimiz orqali bundan avvalgi maqolalarda jamoa 4 oydan beri hech qanday maosh olmagani, ovqatlanish ham avvalgidek emasligi haqida aytib o'tgan edik. Ushbu so'zlarimizni ayrimlar yolg'onga ham chiqargandek bo'lishdi. Kecha uchrashuvdan so'ng Vadim Abramovning yordamchi murabbiyi Marat Miftaxutdinov fikrimizga qo'shilgan holda jamoadagi ichki muammolar haqida fikrini bildirib o'tdi.

"Ha, biz chindan ham og'ir vaziyatdamiz. Klubda hech narsa yo'q, maosh, ovqatlanish, vitaminizaciya va hokazo. Rahbariyat va yuqoridagilar muammoni hal qila olmayapti, bundan jamoa va futbolchilar jabr ko'rmoqda. Klubda va akademiyada ko'plab insonlar faoliyat yuritadi, mehnat qiladi. Bunday sharoitda ishlash ularga ham og'ir. Yigitlarni bir amallab AGMK bilan o'yinga olib tushdik, bizga kerakli o'yin edi. CHunki sovrinli o'rinlar uchun kurashmoqdamiz. Futbolchilar mashg'ulotga kelmaslikni aytishmoqda, bir tomondan ular haq. Yana nima qilishimiz kerak, qanday yo'l tutishimiz kerak, hayronman. "Mashal" bilan o'yinga ham bormasligimiz mumkin edi. Biroq futbolchilarni bir amallab ko'ndirdik. Qachongacha bunday yuramiz. Hadeb ko'ndiraverish oson bo'lmaydi. Futbolchilar qanday ovqatlanayotganiga  qarang, makaron, grechka va kartoshka. Tvorog, vitamin va oqsillar, ular haqida gap bo'lishi mumkin emas. 

Yangi rahbariyat kelganiga bir oydan oshdi. SHu vaqt ichida nimadir qilish kerak edi-ku. Hech narsa hal bo'lmadi. U erda qandaydir tushunarsiz ishlar ketmoqda, bundan faqat jamoa, futbolchilar aziyat chekyapti. Jamoa pulsiz va ovqatsiz o'ynamoqda. Futbolchilar o'z ishlarini sevishadi, lekin quruq sevish bilan butun mavsumni o'tkazish qiyin. Jamoa bu holatda Qo'qonga ham bormasligi mumkin, futbolchilarni ham to'g'ri tushunamiz. Insoniylik tomondan ham ularga tushuntirishga harakat qilyapmiz. Bilmadim, nima qilishga ham boshimiz qotgan. Rahbariyat muammolarni hal qilishi lozim. Ular shu paytgacha bir marotaba jamoa bilan uchrashdi, oylik yo'qligi, muammolarni aytdik. Rahbarlar ham biladi-ku, kim qancha maosh olayotganini. Odatda klubga kelgan yangi insonlar nimadir yangilik qilishga intilishadi. Bizda esa sukunat, hech narsa qilishni istashmayapti. Jamoa hech kimga kerak bo'lmay qolgandek ko'rinmoqda. Bundan keyin ham o'zgarishlar bo'lmasa, biron bir sovrinli o'rinni egallashimiz qiyin kechadi. Futbolchilarga nafaqat jismoniy, balki ruhiy tomondan ham og'ir. O'yinlarga tayyorlashimiz qiyin kechadi",- deydi Miftaxutdinov.

Yuqoridagi gaplardan yoqa ushlaysan kishi, o'zbek futboliga ko'p narsa berayotgan va berib kelayotgan, terma jamoalarimizga futbolchi etkazib berishda etakchi klublardan biri, bir vaqtlar xalqaro maydonda yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan klub bugungi kunda shunday ahvolda qolayotgani taajjublantiradi. Tez orada muammolar bartaraf etilishiga umid qilib qolamiz. Zero, "Bunyodkor" o'zbek futboliga kerak!

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика